Azim Premji
Azim Premji | |
---|---|
![]() Premji 2013 Jahon Iqtisodiy Forumida | |
Asl ismi | Azim Hashim Premji |
Tugʻilishi |
Azim Hashim Premji 24-iyul 1945-yil (75 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Yasmeen |
Bilimi | Stanford universiteti |
Bolalari | Rishad Premji, Tariq[2] |
Sayt | Azim Premji |
Azim Hoshim Premji (gujarotcha: Azim Hashim Premji; 24-iyul, 1945, Mumbay, Hindiston[1]) – hindistonlik yirik tadbirkor, milliarder, Wipro Limited kompaniyasining rahbari. Forbes jurnalining 2014-yilgi roʻyxatiga koʻra, 15 milliard AQSH dollari miqdoridagi boyligi bilan 61-oʻrinda, Hindiston boylari ichida esa 4-oʻrinda turadi.[3][4] Shuningdek, Premji shaxsiy fondiga ega.[5]
Biografiyasi[tahrir]
Azim Mumbay shtatida etnik jihatdan Gujarati boʻlgan musulmon oilasida dunyoga kelgan[6][1][7][8]. Uning bobosi Hindistonda nomdor tadbirkorlardan biri edi[9]. 1967-yilda Stanford Universitetini tamomlab, oʻziga meros qolgan “Wipro” korxonasini boshqara boshlaydi. Korxona faqat moy chiqarishga ixtisoslashtirilgan edi. U korxonada islohotlar oʻtkazib, non mahsulotlari, shampunlar, bolalar sovuni, bir qator xoʻjalik mollari va boshqalar ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi. 1980-yillarda axborot texnologiyalarini Hindistonda keng yoyish maqsadida oʻz korxonasiga AQSHdan zamonaviy minikompyuterlar olib keltiradi va yangicha ishlab chiqarish turlarini joriy qiladi[10] Computer Corporation.[11][12] Uning korxonasi juda tez rivojlanadi[13]. Azim Premji Hindistonning bir qancha davlat mukofotlari va faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Xayriya faoliyati[tahrir]
Azim Premji Fondi va Universiteti[tahrir]
2001-yilda ta’limga hissa qoʻshish maqsadida Azim Premji Fondiga asos soladi[14]. Bu fond asosan qishloq joylaridagi maktablarda ta’lim sifatini yaxshilshga yordam beradi. 2010-yilda u maktablar uchun 2 milliard dollar hadya qildi. Azim Premji Universiteti ham Hindistonda ta’lim sifatini yaxshilash, yetuk mutaxassislar yetishtirish maqsadida joriy etilgan.
Xayriya guruhi[tahrir]
Azim Premji mashhur milliarderlar Bill Gates va Warren Buffett qatorida xayriya guruhiga qoʻshilgan. U mazkur xayriya guruhiga qoʻshilgan yagona hinddir[15][16].
Oilasi[tahrir]
Turmush oʻrtogʻi – Yasmeen. Oʻgʻillari – Rishad Premji va Tariq.[2]
Yana qarang[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 "Azim Premji". Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/710892/Azim-Premji. Qaraldi: 26 December 2013.
- ↑ 2,0 2,1 What you didn't know about Rishad Premji. Rediff (7 June 2007). 7 December 2009.
- ↑ Azim Premji Profile Forbes.com. Retrieved September 2010
- ↑ "The World's Billionaires" Forbes 3 March 2009 archived from the original on 2009-03-16 https://web.archive.org/web/20090316053019/http://www.forbes.com/lists/2009/10/billionaires-2009-richest-people_Azim-Premji_1UFS.html. Qaraldi: 2009-03-16.
- ↑ With $1 billion corpus, PremjiInvest plays VC, PE, stockmarket game. Livemint (2008-06-10). Retrieved on 2013-07-28.
- ↑ How a Muslim Billionaire Thrives in Hindu India. The Wall Street Journal. 8 February 2014.
- ↑ Azim Premji. Worldofceos.com. Asl nusxadan arxivlandi (2013-12-27). 26 December 2013.
- ↑ "Villager becomes a tycoon: Why everyone’s talking about Yasmeen Premji’s debut novel". The India Express. 29 July 2012. http://www.indianexpress.com/news/villager-becomes-a-tycoon-why-everyone-s-talking-about-yasmeen-premji-s-debut-novel/980924/. Qaraldi: 1 October 2013.
- ↑ Billionaire Profile: Azim Premji by Mandovi Menon. MENSXP.COM. 1 October 2013.
- ↑ http://www.sentinel.com/
- ↑ Chakravarty, 1998:2
- ↑ Azim Premji Profile – Biography of Azim Premji – Information on Azeem Premji Wipro Technologies. Iloveindia.com (24 July 1945). Retrieved on 2011-11-12.
- ↑ Wipro Ltd chief features in Business Week's "30 Greatest Entrepreneurs of all Time" list, archived from the original on 2009-07-05, https://web.archive.org/web/20090705133216/http://www.ibtimes.co.in/articles/20070704/wipro-chief-features-in-business-week-30-greatest-entrepreneurs-of-all-time-list.htm, qaraldi: 2014-08-19
- ↑ Azim Premji Foundation. Azim Premji Foundation. Retrieved on 2013-07-28.
- ↑ "Azim Premji donates half of his wealth". 20 February 2013. http://www.in.com/news/business/azim-premji-donates-half-of-his-wealth-50187456-in-1.html?utm_source=news&utm_medium=news-crsl. Qaraldi: 20 February 2013.
- ↑ "I have given 25% of my wealth to charity, Wipro chairman Azim Premji says" The Times of India PTI 19 April 2013 archived from the original on 2013-04-19 https://www.webcitation.org/6FzpFoYI6?url=http://timesofindia.indiatimes.com/india/I-have-given-25-of-my-wealth-to-charity-Wipro-chairman-Azim-Premji-says/articleshow/19633650.cms. Qaraldi: 19 April 2013.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Azim Premji haqida turkum mavjud |
- Profile Archived 2014-11-29 at the Wayback Machine. Wiproda
- Profile Forbesda
- Gates, Bill (21 April 2011). "Azim Premji". Time. http://www.time.com/time/specials/packages/article/0,28804,2066367_2066369_2066101,00.html. Qaraldi: 27 October 2007.
- Smith, David (27 August 2006). "The story of Bangalore Bill". The Guardian. https://www.theguardian.com/business/2006/aug/27/theobserver.observerbusiness3?INTCMP=SRCH. Qaraldi: 9 August 2011.
![]() |
![]() |