Warren Buffett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uorren Baffet
Warren Buffett
Kansas biznes maktabi talabalari bilan uchrashuv choʻgida
Tavallud sanasi: 30-avgust, 1930 (1930-08-30)(87 yosh)
Tavallud joyi: Omaha, Nebraska, AQSh
Bolalari: Susan Alice Buffett,Howard Graham Buffett, Peter Andrew Buffett

Warren Edward Buffet (talaffuzi: Uorren Edvard Baffett; kir. Уоррен Баффетт; 30-avgust, 1930) Amerikalik biznesmen magnat, investor va saxovatpesha (philanthropist). U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb keng tan olingan. Koʻpincha uni "„Warren Buffet-afsonaviy investor“ deb ataydilar. U Berkshire Hathaway kompaniyasining asoschisi, aksioneri va direktori. U dunyodagi eng badavlat insonlar roʻyxatida oʻz oʻrniga ega.[1]

2008-yil dunyoning eng boy odami deb eʼtirof etilgan boʻlsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatining 3-oʻrniga tushib qoldi. Buffetni „Omaha sehrgari“, „Omaha bashoratchisi“ yoki „Omaha donishmandi“ deb ham ataydilar (Omaha-oʻzi tugʻilgan joy nomi). Warren oʻzining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va oʻzining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tugʻma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffet yana koʻzga koʻringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga (falsafasiga) koʻra baxtning 99 %i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi aʼzosi sifatida ham xizmat koʻrsatgan.

Biografiyasi[tahrir]

Buffet 1930-yili Nebraska shtatining Omaha shahrida tugʻilgan. 3 farzandning ikkinchisi va oiladagi yagona oʻgʻil. Buffet ilk taʼlimni Omahadagi Rose Hill boshlangʻich maktabida oladi. 1942-yili uning otasi AQSH Kongressiga saylanganidan keyin ularning oilasi Washington DC ga koʻchib oʻtadi. Keyinchalik Warren Alice Deal 7-oʻsmirlar oʻrta maktabiga kiradi va 1947-yil Woodrow Wilson yuqori maktabini bitiradi. Buffet kichkinaligidayoq pul jamgʻarishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shugʻullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik doʻkonida ham ishlagan. Yuqori sinflarda oʻqib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yigʻadi. 1945-yil universtitetning 2-kursdaligida Buffet va uning doʻsti mahalliy sartaroshxonaga oʻrnatgan pinball mashinasi uchun $25 sarflagan. Buffet bolalik paytidanoq aksiya bozori va investitsiya kiritishga qiziqgan. Shahar xizmatining imtiyozli aksiyalaridan 11 yoshida oʻzi va singlisi uchun 3tadan sotib oladi. Universtitetda oʻqish davomida biznesga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Buffet $90,000 dan koʻp pul toʻplagan.

Buffet Omahaga qaytgach Deyl Karnegi (Dale Carnegie) Jamiyatining notiqlik kursiga olingunga qadar birja makleri sifatida faoliyat yuritadi. Ish davomida u Omaha universtitetining kechki guruhida „Investitsiya Asoslari“ fanidan dars berishga qaror qiladi va dars oʻtishni boshlaydi. Talabalarning oʻrtacha yoshi uning oʻzining yoshidan 2 marta katta edi oʻshanda. 1954-yili Buffet Benjamin Graham bilan hamkorlik qilishga rozi boʻladi. Uning boshlangʻich maoshi yiliga $12,000 edi.

2008-yili Buffet Bill Gatesni taxtdan agʻdarib, dunyoning eng boy kishisi degan nomni oladi. 2007-2008-yilgi jahon bozorlaridagi moliyaviy tanazzul koʻpchilik firmalarni ezib turgan vaqtda, Buffetning qilgan investitisyalari narxini vaqtinchalikka yuqoriga koʻtarib yuboradi. Forbesning bergan maʼlumotiga koʻra uning boyligi $62 milliard ($62,000.000.000) edi. 2009-yili Bill Gates 1-oʻrinni qaytarib olgan, Buffet esa 2-oʻringa tushgan. Ularning boyliklari mos ravishda $40 milliard va $37 milliardda baholangan edi. Lekin Buffet 12 oy ichida $25 milliardni yoʻqotadi 2008/2009.

2009-yil fevralda Buffet oʻzining Procter&Gamble Co va Johnson&Johnson kompaniyalaridagi qimmatbaho qogʻozlarini sotdi.

2006-yilda, Buffet oʻzining shaxsiy Lincoln Town Car avtomobilini eBay kim oshdi savdo saytida sotadi. Sotuvdan tushgan $650,100 mablagʻni Gils Inc. xayr-sahovat fondiga taqdim etadi. 2008-yilning 27-iyunida, Pure Heart China Growth Investment Fund kompaniyasining rahbari Zhao Danyang Warren Buffet bilan 5 kunlik „Kuch Nonushtasi“ ni kim oshdi savdosida yutib oladi. Danyang bu 5 kunlik nonushtaga $2,110.100 toʻlagan. Bu kim oshdi savdosidan tushgan barcha pul San Francisco Glide Foundation hayriya jamiyatiga oʻtkazilgan. Keyingi yildagi Warren Buffet bilan bir kunlik tushlikka Torontoda joylashgan Salida Capital boshqaruvchilari $1.68 million miqdorida pul toʻlashgan.

Meros[tahrir]

Warren Buffet har doim oʻzining nutqlarida bir avloddan ikkinchi avlodga katta miqdordagi mablagʻning meros boʻlib oʻtishini qoralaydi. Uning aytishicha, 3ta farzandi uning boyligining faqat juda kichik qisminigina meros qilib oladilar. Buffet „Men bollarimga hech nima qilmasdan, bekorchi boʻlib va bemalol yashashlariga yetadigan emas, balki oʻzlari orzu qilgan ishlarini amalga oshirishlariga yetadigan darajada meros qoldiraman“ degandi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]