Ayyub Gʻulomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayyub Gʻulomov
Tavalludi 1914.15.5
Vafoti 1986.30.5
Kasbi tilshunos

Ayyub Gʻulomovich Gʻulomov (1914.15.5 - Toshkent - 1986.30.5) - tilshunos olim, oʻzbek ilmiy grammatikasining asoschilaridan biri. filol. fanlari doktori (1958), professor (1959). Toshkent pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1936). Toshkentdagi oʻrta maktablar va pedagogika texnikumlarida oʻqituvchi (1930—35), pedagogika institutlarida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1936—57). Ayni paytda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1940— 46; 1967—69), sektor mudiri (1946— 49), Oʻrta Osiyo (Toshkent) universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida dotsent (1942—46), kafedra mudiri (1946-86).

Gʻulomovning ilmiy asarlari oʻzbek tilshunosligining fonetika va grammatika, leksikologiya va soʻz yasalishi, uslubshunoslik va nutq madaniyati, etimologiya va leksikografiya sohalari, oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi masalalariga bagʻishlangan. Uning "Oʻzbek tilida kelishiklar" (1941), "Oʻzbek tilida koʻplik kategoriyasi" (1944), "Sodda gap sintaksisi" (1948), "Oʻzbek tili morfologiyasiga kirish" (1953), "Feʼl" (1954), "Sodda gap" (1955) kabi asarlari oʻzbek tili ilmiy grammatikasining shakllanishiga asos boʻlib xizmat qiddi. Gʻulomov oʻrta maktablarning 5—9-sinflari uchun "Oʻzbek tili darsliga" (oʻtgan asrning 70—90-yillarida 20-martaga yaqin nashr etilgan) va oliy oʻquv yurtlari uchun "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" (1961; 2nashri — 1965) kabi darslik va bir qancha qoʻllanmalarning, 2-j.li "Oʻzbek tili grammatika-si" (1975—76) ning mualliflaridan biridir.

A;..’Oʻzbek tilida aniqlovchilar, T., 1940; Oʻebek tilida urgʻu, T., 1947; Etimologik noaniqliklar, T., 1975; Oʻzbek tili morfem lugʻati, T., 1977 (hamkorlikda).