Aynuzzamon Jamoliddin Giliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aynuzzamon Jamoliddin Giliy (1253-yilda vafot etgan) – “Naso­yim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Najmiddin Kubroning muridi, kubraviya tariqatining yirik namoyandasi. Arab va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Qazvin shahrida vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".