Ayiqmurut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayiqmurut, xirsmurut (Pyrus regelii) – ra’nodoshlar oilasiga mansub past bo‘yli daraxt. O‘rta Osiyo (Fapbiy Tyanshan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida o‘sadi. A. noqulay, suvsiz, toshloq sharoitda, quruq tog‘ yon bag‘irlarida va hatto qoyalarning yoriqlarida ham uchraydi. Aprelda gul-lab, avgustning oxiri va sentabr boshlarida pishadi. Mevasi dumaloq, qattiq, dia-metri 2–3 sm. A.ning mevasi uzilib, 10–12 kun o‘tgach, yumshab shira tortga-nidan so‘ng iste’mol qilinadi. Meva-sining qaynatmasidan tomoq og‘rig‘ini davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalaniladi. A.dan payvandtag sifatida, yangi nok navlari yetishtirishda, quruqtuproqli janubiy tog‘ yon bag‘irlarini o‘zlashtirishda va man-zarali o‘simlik sifatida foydalanish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil