Ayblanuvchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayblanuvchi – jinoiy javobgarlikka daxldor shaxs.

Ayblanuvchi – Oʻzbekiston Respublikasi JPKda bel-gilangan tartibda A. tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinishi haqida ayblov qarori chiqarilgan shaxs. Bunday qaror tergovchi yoki prokuror to-monidan chikariladi (Kodeksning 45-, 361-moddalari). Ushbu Kodeks 46-moddasi 1-qismining talabiga ko‘ra A. o‘zining nimada ayblanayotganini bilish; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va tushuntirish berish; o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foy-dalanish; himoyachiga ega bo‘lish va u bilan holi uchrashish (qarang Advokat, Advokatura); huquqlarini himoya qilishni shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar takdim qilish; ter-govchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomo-nidan jinoyat ishining tugatilganligiga norozilik bildirish va sud muhokamasi o‘tkazishni talab qilish (84-, 421-moddalar); birinchi instansiya va kassatsiya in-stansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, nazorat instansi-yasi sudi majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar berish (498–500-, 510-moddalar); sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u hakda o‘z mulohazalarini bildirish (426-, 427-moddalar); ish bo‘yicha kelti-rilgan protestlar, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga e’ti-rozlar bildirish (505-modda) huquqiga egadir.A.: surishtiruvchi, tergovchi, pro-kuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar 231b-n haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan tala-blarni bajarishi; guvohlantirish, eks-pertiza uchun tibbiy muassasaga joylash-tirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. A. zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining ayb-dor emasligini yoki ishning boshqa bi-ror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas (46-moddaning 2-,3-qismlari).A.ga nisbatan tergov organlari ish sudga o‘tguncha turli ehtiyot choralarini shu jumladan, tilxat bilan ochikda qoldirish, kafillik va shahrik.ni qo‘llanishi mumkin. A. sudga berilgandan so‘ng sud qarori bilan jazoga hukm qilinsa, mahkum deb ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil