Dastlabki tergov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dastlabki tergov - sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. D.t. davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan xdmma holatlar boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Surishtiruv oʻtkazilgan ishlar boʻyicha D.t. surishtiruv tugallanganidan keyin olib boriladi. Oʻzbekiston JPK boʻyicha, D.t. majburiy boʻlib, u barcha jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkazilishi shart. D.t.ni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi, uni prokurorlar qam oʻtkazishi mumkin. Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalari, jamoalar va aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar xaqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab, murojaat etadi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga kura, ayrim tergov harakatlarida ish-tirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin, ularga nisbatan tegishli protsess ishtirokchilarining huquklari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalar toʻliq tatbiq etiladi. D.t. boshlanishida tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu hakda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. OʻzR JPKga binoan, D.t. jinoyat ishi qoʻzgʻa-tilgan kundan boshlab, ikki oydan osh-magan muddatda tamomlanishi lozim.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil