Kodeks
Kodeks (lot. codex) — 1) ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir turdagi sohasini tartibga soluvchi sistemalashtirilgan yagona qonun hujjati (fuqarolik Kodeks, jinoyat K.si va h.k.). Davlatlariing koʻpchiligida mehnat, oi la, jinoyat protsessi, fuqarolik protsessi boʻyicha K.lar eng koʻp amalda boʻlgan qonunlar majmui hisoblanadi; 2) qad. kitob shakllaridan; Qad. Rimda paydo boʻlgan. Dastlab pergament yoki papirus, keyinroq qogʻozni daftar tarzida buklab, tikib tayyorlangan. 6-asrdan kitobning asosiy shakliga aylangan. K.da mavjud boʻlgan muqova, sahifa va ularni bezash tartibi (sahifali miniatyura, unvon va boshqalar) hozirgi kitoblarda ham saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |