Axbaxoʻjakaspi dovoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Axbaxo‘jakaspi dovoniSurxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma tog‘ining shimoli-sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xo‘jakaspi irmog‘ining yuqori oqimida joylashgan. Balandligi 3870 m. G‘arbiy yon bag‘irlari qor va muzliklar bilan qoplangan va sharqiy yon bag‘riga nisbatan qiyaroq. Axbaxoʻjakaspi dovoni orqali yoz oylarida Xo‘jakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga o‘tiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil