Kontent qismiga oʻtish

Avtandil Abuladze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avtandil Abuladze
gruzincha: ავთანდილ აბულაძე
Tavalludi 1958-yil
Vafoti sentabr, 2005-yil (47 yoshida)
Tbilisi, Gurjiston
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi SSSR
/ Georgia Gurjiston

Avtandil Abuladze (gruzincha: ავთანდილ აბულაძე; 1958-yil, Tbilisi, Gurjiston SSR, SSSR2005-yil, sentabr, Tbilisi, Gurjiston) — Gurjistonlik matematik, tilshunos va esperantist, vikipediyachi.

Gurjiston poytaxti Tbilisida yashab oʻtgan. Avtandil Abuladze esperanto tilini 1978-yildan oʻrganishni boshlagan. Esperanto tili ensiklopediyasi — «Monda Faktolibro» (MFL) mualliflaridan biri.

Avtandil Abuladze 2002-yilning may oyidan Vikipediyaning esperanto tilidagi boʻlimida ishtirok etishni boshlaydi va qisqa vaqt ichida ushbu boʻlimning eng faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi[1]. 2003-yilning noyabr oyida Abuladzening soʻrovi asosida Vikipediyaning gurjin tilidagi boʻlimi ochilgan[2]. Ushbu boʻlim ochilgan paytda Abuladze hamon Vikipediyaning esperanto tilidagi boʻlimida faol edi va ushbu boʻlimda U tomonidan Kavkaz geografiyasi va turli fanlardagi terminlar haqida yuzlab maqolalar yozilgan edi. U Vikipediyaning gurjincha boʻlimiga 2005-yilning fevral oyida faol ishtirok etishni boshlagan. Oʻsha paytda gurjincha Vikipediyada bor-yoʻgʻi 26 ta maqola mavjud edi va uning saʼy-harakatlari evaziga ushbu Vikipediya boʻlimi oʻsishni boshlagan edi.

Oʻsha yilning sentabr oyida Avtandil Abuladze kutilmaganda vafot etdi. Uning vafotidan soʻng oʻsha paytda Abuladze sharafiga gurjincha Vikipediya bosh sahifasida ushbu noxush hodisa va Avtandil Abuladze xotirasiga maxsus ramka joylashtirilgan edi[3]. Avtandil Abuladzening sharafli xotirasi hozirda gurjincha Vikipediya ishtirokchilari va boshqa vikipediyachilar tomonidan esga olinadi.