Yevgeniy Sklyarevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy
Asl ismi rus. Евгений Семенович Скляревский
Tugʻilishi 20-oktabr 1956 (1956-10-20) (62 yosh)
Fuqaroligi Yevgeniy Sklyarevskiy O‘zbekiston

Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy (rus. Евгений Семенович Скляревский; 20-oktabr, 1956-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger. Oʻzbekistonning eng taniqli blogerlaridan biri. Qator internet loyihalar muallifi.

Yevgeniy Sklyarevskiy 1973-1978-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 20 yil davomida aviatsiya zavodida murakkab detallar ishlash boʻyicha texnolog-hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinroq 5 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining "Maxsus avariya - tiklash boshqarmasida" (MATB) buxgalteriya, mulk hisobchisi va saytida faoliyat yuritdi. 2003-yilning oktabr oyidan Uzdunrobitada sistema va informatsion texnologiyalar xizmatida mutaxassis lavozimida, 2004-yilning avgustidan «Infocom.uz» jurnalida faoliyat yuritishni boshlagan[1].

1998-yildan kompyuterlar haqidagi turli jurnallarda, jumladan Oʻzbekistonning «Компьютел», «Infocom.uz», Rossiyaning «Hard'nʼSoft», «Компьютерра» va «Домашний компьютер» jurnallarida maqolalari chop etila boshlagan[1].

2000-yildan «Арбуз — занимательный мир» loyihasini olib boradi. 2005-yilda «Домен-уз» loyihasi bilan «РОТОР»da "Yil tadqiqotchisi" nominatsiyasida uchinchi oʻrinni, 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan[1].

Yevgeniy Sklyarevskiy shuningdek qator internet loyihalar muallifi. Ushbu loyihalar: «Провайдеры Ташкента», «Изумрудный город», «Чистая лента новостей», «Барбарис», Блог «Арбузный», «Письма о Ташкенте», «Целлофан Узнета», «Домен-уз», «Информационный бум», Студия «ЭТЮД», «Моя цитоэмбриология», «Хлопководство»[1].

Sklyarevskiy Vikipediyada ishtirok etmasada, ushbu loyihaga katta qiziqish bilan qaraydi[2]. U Vikipediyani, xususan oʻzbekcha Vikipediyani tahrir qilishga va uni toʻldiriga undab keladi. Ushbu fikrlarning birida U: «Oʻzbekcha Vikipediya hozir Vikipediya boʻlimlari ichida 95-oʻrinni band etib turibdi va bizdan yuqori oʻrinlarni umuman hech kim bilmaydigan "yovvoyi" tillar egallagan» deb aytgan edi[3][4]. Bir necha marotaba baʼzi Oʻzbekistonlik vikipediyachilardan radiointervyular olgan[5][6]. Yevgeniy Sklyarevskiy 2007-yilda oʻzbekcha Vikipediyaning ilk majlisida jurnalist sifatida qatnashgan edi[7].

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]