Avicii
Avicii | |
---|---|
![]() Avicii sahnada, Parij, 2011 | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Tim Bergling 8-sentyabr 1989-yil |
Vafoti |
20-aprel 2018-yil (28 yoshda) |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Janr | House |
Amplua | DJ, produser, elektron musiqachi |
Faoliyat yillari | 2007-2016 |
Veb-sayt | www.avicii.com |
Avicii (talaffuzi: Avichii;[1] 8-sentabr, 1989 - 20 April 2018), asl ismi Tim Bergling, shved DJ, remixer va produseridir.[2] Uning debut singli "Seek Bromance" Belgiya, Fransiya, Niderlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda yuqori 20 talikka kirdi. 2011-yili Avicii "Levels" qoʻshigʻini chiqardi (unda Etta Jamesning "Something's Got a Hold On Me" ashulasi sempl qilingan), u Hindiston, Xorvatiya, Bosnia, Avstriya, Belgiya, Daniya, Olmoniya, Yunoniston, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya va Birlashgan Qirollikda yuqori 10 talikka kirdi, Mojariston, Norvegiya va Shvetsiyada esa birinchilikni oldi.
2011-yilda Avicii DJ Magazine taʼsis etgan Eng Yaxshi DJlar 100 ligida 6-raqamni egalladi.[3] 2012-yili Avicii Miami, Floridadagi Ultra Music Festivalda asosiy ijrochi boʻlib, Madonna bilan sahnaga chiqdi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ How To Pronounce Avicii, YouTube
- ↑ „AVICII: Biography“. The DJ List. 9-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyun 2011-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-10-09).
- ↑ „DJ Mag“. DJ Mag. 2-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2011-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-31).
- Avicii Twitterda
- Avicii MySpaceda
- Avicii Facebookda
![]() |
![]() |