Kontent qismiga oʻtish

Avengers: Age of Ultron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avengers: Age of Ultron

Film posteri
Rejissyor(lar) Joss Whedon
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Joss Whedon
Qaysi asarga
asoslangan
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Ben Davis
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 13-aprel, 2015-yil(2015-04-13) (Gollivud)
  • 1-may, 2015-yil(2015-05-01) (AQSh)
Davomiyligi 141 daqiqa[1]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $365 million[2]
Daromadi $1,405 milliard[3]

Avengers: Age of Ultron“ (oʻzbekcha manbalarda „Qasoskorlar: Ultron davri“ oʻlaroq maʼlum) — 2015-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn birinchi film; „The Avengers“ (2012) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Joss Whedon rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Aaron Taylor-Johnson, Elizabeth Olsen, Paul Bettany, Cobie Smulders, Anthony Mackie, Hayley Atwell, Idris Elba, Linda Cardellini, Stellan Skarsgård, James Spader va Samuel L. Jackson ijro etgan.

„Avengers: Age of Ultron“ premyerasi 2015-yilning 13-aprelida Gollivudda boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,4 milliard mablagʻ toʻplab, oʻsha vaqtda tarixdagi beshinchi eng kassabop filmga, 2015-yilning esa toʻrtinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning sikvellari — „Avengers: Infinity War“ va „Avengers: Endgame“ mos ravishda 2018- va 2019-yilda chiqarilgan.

Tony Stark, Thor, Bruce Banner, Steve Rogers, Natasha Romanoff, Clint Bartondan iborat „Qasoskorlar“ jamoasi Sokoviyadagi [en] „Hydra“ bazasiga hujum qiladi. Jamoa „Hydra“ kuchlari tomonda kurashayotgan egizaklar – Pietro (tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlana oladi) va Wanda Maximofflar (telepatik va telekinetik qobiliyatlarga ega) bilan toʻqnash keladi. Rogers „Hydra“ bosh qoʻmondoni Wolfgang von Struckerni magʻlub qiladi, Stark esa Lokining skipetrini qoʻlga kiritadi.

Stark va Banner skipetrdagi tosh ichida sunʼiy intellekt borligini aniqlab, undan yashirincha Stark taklif etgan „Ultron“ dasturini yaratishda foydalanishadi. Ultron Yerni saqlab qolish uchun insoniyatni yoʻq qilish zarur degan fikrga kelib, Starkning J.A.R.V.I.S. deb ataluvchi sunʼiy intellektini yoʻq qiladi, „Qasoskorlar“ga hujum qiladi, skipetrni oʻgʻrilaydi va oxirida Sokoviyaga qochib ketadi. Sokoviyada Ultron Struckerning bazasidagi resurslardan oʻzining boshlangʻich versiyada yaratilgan tanasini takomillashtirishda hamda robot dronlar armiyasini tuzishda foydalanadi. Struckerni oʻldirgach esa Starkdan oʻch olish istagida yurgan Maximofflarni oʻz safiga qoʻshib oladi (sababi Maximofflarning ota-onasi Starkga tegishli kompaniya ishlab chiqargan qurol-yarogʻ bilan oʻldirilgan boʻladi). Soʻngra, uchovlon vibraniumni qoʻlga kiritish maqsadida Yoxannesburgdagi kontrabandist Ulysses Klaue [en] boshchiligidagi baza tomon yoʻl oladi. U yerda „Qasoskorlar“ Ultron va Maximofflarga hujum qiladi, ammo Wanda jamoa aʼzolarining xayollariga vahimali oʻylar yuborish orqali ularni yengadi. Natijada Banner Hulkga aylanib, shahar tomon ketadi. „Hulkbuster“ bronini kiygan Stark uni toʻxtatishga muvaffaq boʻladi.

Shahardagi vayronagarchiliklarga nisbatan odamlarning salbiy reaksiyalari hamda Wandaning gallyutsinatsiyalari qoʻzgʻatgan vahimali oʻylar „Qasoskorlar“ni Bartonning fermasida yashirinishga majbur etadi. Thor Wanda qoʻzgʻatgan gallyutsinatsiyalarda koʻrgan apokaliptik kelajak haqida jiddiy oʻylab koʻrish uchun doktor Erik Selvig bilan uchrashgani joʻnab ketadi. Bu orada Nick Fury kelib, jamoani Ultronni toʻxtatish rejasini tuzishga undaydi. Seulda Ultron Lokining skipetridan foydalangan holda „Qasoskorlar“ jamoasi doʻsti boʻlgan Helen Choning ongi ustidan nazoratni qoʻlga oladi. Ultron va Cho sintetik toʻqima texnologiyasi, vibranium va skipetrdagi toshdan foydalanib, yangi tana yaratishadi. Ultron oʻzini yangi tanaga yuklaganida, Wanda uning ongini oʻqish imkoniyatiga ega chiqadi; Maximofflar Ultronning insoniyatni yoʻq qilish rejasi haqida bilib olishadi va unga qarshi chiqishadi. Rogers, Romanoff va Barton Ultron bilan jang qilib, sintetik tanani qoʻlga kiritishadi, ammo Ultron Romanoffni asirga oladi. Stark va Banner hali ham ishlayotgan J.A.R.V.I.S.ni yashirincha sintetik tanaga yuklashganda, bundan norozi boʻlgan „Qasoskorlar“ aʼzolari oʻzaro janjallashishadi.

Thor tanani jonlantirishga/faollashtirishga yordamlashish uchun yetib keladi va jamoaga tananing peshonasidagi tosh oltita Cheksizlik toshlaridan biri — „Aql toshi“ ekanligi haqida soʻzlab beradi. Jonlangan tana oʻzini „Vision“ deb ataydi va Thorning bolgʻasini koʻtarib, jamoaning ishonchiga kiradi. Vision va Maximofflar „Qasoskorlar“ bilan birga Sokoviyaga boradi. Sokoviyada Ultron qolgan vibraniumdan foydalanib mamlakat poytaxtining katta qismini osmonga koʻtarib, yer bilan bitta qilishga qodir qurilma yaratadi. Banner Romanoffni qutqaradi. „Qasoskorlar“ Ultron armiyasi bilan jang qilishadi. Bu orada Fury Maria Hil, James Rhodes va Q.A.L.Q.O.N. agentlari bilan birga Helikerierda [en] kelib, tinch aholini xavfsiz joyga koʻchiradi.

Pietro Bartonni oʻq otishmasidan himoya qilish chogʻida halok boʻladi. Bundan qattiq gʻazablangan Wanda Ultronning asosiy tanasini yoʻq qilish uchun himoya qilishi kerak boʻlgan joyni tark etadi, natijada Ultronning dronlaridan biri qurilmani ishga tushirishga muvaffaq boʻladi. Shahar bir muddat osmonga koʻtarilib, keyin qulashni boshlaganda, Stark va Thor qurilmani haddan ortiq quvvat bilan toʻldirib, shaharni parcha-parcha qilib tashlaydi. Voqeadan soʻng, Hulk Romanoffni xavf ostiga qoʻyishni istamay, Kvinjetda [en] joʻnab ketadi, Vision esa Ultronning oxirgi qolgan tanasini topib, uni yoʻq qiladi.

Keyinchalik, „Qasoskorlar“ yangi bazani ishga tushirishadi. Thor sodir boʻlgan voqealarni ortida turgan kuchlar haqida koʻproq maʼlumot toʻplash uchun Asgardga ketadi. Rogers va Romanoff „Qasoskorlar“ning yangi aʼzolari — Rhodes, Vision, Sam Wilson va Wandani tayyorlashga kirishadi.

Titrdan keyingi sahnada Thanos qoʻnjli qoʻlqop kiyib, Cheksizlik toshlarini shaxsan oʻzi qoʻlga kiritishga ont ichadi.

„Marvel's Avengers: Age of Ultron“ treklisti[4][5][6]
NomiMusiqaDavomiyligi
1.„Avengers: Age of Ultron Title“Brian Tyler0:43
2.„Heroes“Danny Elfman2:07
3.„Rise Together“Brian Tyler2:23
4.„Breaking and Entering“Brian Tyler3:04
5.„It Begins“Danny Elfman2:42
6.„Birth of Ultron“Brian Tyler3:05
7.„Ultron-Twins“Danny Elfman4:13
8.„Hulkbuster“Brian Tyler4:32
9.„Can You Stop This Thing?“Danny Elfman1:03
10.„Sacrifice“Brian Tyler2:42
11.„Farmhouse“Danny Elfman4:02
12.„The Vault“Brian Tyler2:58
13.„The Mission“Brian Tyler2:48
14.„Seoul Searching“Brian Tyler2:48
15.„Inevitability-One Good Eye“ (not featured in film)Danny Elfman5:07
16.„Ultron Wakes“Danny Elfman1:43
17.„Vision“Brian Tyler3:47
18.„The Battle“Brian Tyler4:24
19.„Wish You Were Here“Brian Tyler1:36
20.„The Farm“Danny Elfman1:14
21.„Darkest of Intentions“Brian Tyler2:26
22.„Fighting Back“Brian Tyler2:33
23.„Avengers Unite“Danny Elfman1:08
24.„Keys to the Past“Brian Tyler1:48
25.„Uprising“Brian Tyler2:32
26.„Outlook“Brian Tyler2:38
27.„The Last One“Brian Tyler2:14
28.„Nothing Lasts Forever“Danny Elfman1:57
29.„New Avengers - Avengers: Age of Ultron“Danny Elfman3:09
Jami davomiyligi:77:26
  1. Avengers: Age of Ultron (12A)“. British Board of Film Classification (2015-yil 13-aprel). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-aprel.
  2. 2015 Feature Film Study (Report). https://www.filmla.com/wp-content/uploads/2018/04/2015_film_study_v5_WEB.pdf. Qaraldi: November 19, 2017. 
  3. Avengers: Age of Ultron. Box Office Mojo. IMDb. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  4. „Marvel's 'Avengers: Age of Ultron' Original Soundtrack Available Digitally April 28“. Marvel.com (15-aprel 2015-yil). 15-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2015-yil.
  5. „Marvel’s ʻAvengers: Age of Ultron’ Soundtrack Secret Track“. Stitch Kingdom (16-aprel 2015-yil). 16-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2015-yil.
  6. „iTunes - Music - Avengers: Age of Ultron (Original Motion Picture Soundtrack)“. iTunes Store. 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2015-yil.