Qasoskorlar: Abadiyat jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avengers: Infinity Wardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Avengers: Abadiyat Jangi
Avengers: Infinity War
Avengers Infinity War Poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor Anthony Russo
Joe Russo
Produser Kevin Feige
Ssenariy Christopher Markus
Stephen McFeely
Rollarda
Bastakor Alan Silvestri
Kinematografiya Trent Opaloch
Muharrir
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Marvel Studios
Distributor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera sanasi
  • 23-aprel, 2018-yil(2018-04-23)

(Dolby Teatr)

  • 27-aprel, 2018-yil(2018-04-27)

(AQSh & O‘zbekiston)

Davomiyligi 149 daqiqa[2]
Mamlakat AQSh
Til Inglizcha
Mablagʻ $316–400 million[3][4][5]
Daromad $2.048 milliard[6]

Qasoskorlar: Abadiyat Jangi (Inglizcha: Avengers: Infinity War), 2018-yilda Marvel Comics nashriyotidagi Qasoskorlar jamoasiga asoslangan, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika superqahramon filmi. Film Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning oʻn toʻqqizinchi badiiy filmi hisoblanib, kartina prikvellari 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar va 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron davri. Shuningdek, film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely, film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Benedict Cumberbatch, Don Cheadle, Tom Holland, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Anthony Mackie, Sebastian Stan, Danai Gurira, Letitia Wright, Dave Bautista, Zoe Saldana, Josh Brolin, va Chris Pratt.

Film syujetiga ko‘ra, Thanos Xandar sayyorasini yo‘q qilgandan so‘ng, Galaktika Qoʻriqchilaridan oltita Abadiyat toshidan biri bo‘lgan qudrat toshiga egalik qiladi. Shu yo‘sinda, Qasoskorlar bilan kurashadi. Qasoskorlar va Galaktika Qo‘riqchilari birlashishadi va Thanosga qarshi kurashadi. Undan keyingi prokatga chiqqan film Chumoli odam va Ari filmi hisoblanadi.[7]. Bu film rejissori esa Peyton Reeddir[8]. Film premyerasi Dolby Theatre'larda 23-may 2018-yil, AQSh va Oʻzbekistonda 27-aprel 2018-yilda bo‘lib o‘tdi. Ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi mablag‘i $316–400 millionni tashkil etib, eng ko‘p xarajatli filmlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni ham MKK'ning Qasoskorlar: Ultron davri filmi egallab turibdi. Film 12 kunda $1 milliarddan ortiq miqdorda mablag' topdi va eng tez $1 milliardni topgan filmlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, ikkinchi o‘rinni esa Avatar filmi (19 kun) egallab turibdi. Kartina dunyo bo‘ylab $2 milliarddan ortiq daromad ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi va 2018-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa to‘rtinchi eng yuqori daromadli film hisoblanadi. Kartina visual effekt bo‘yicha Academy va BAFTA mukofoti sovrindori bo‘ldi. Shuningdek, film sikveli Qasoskorlar: Intiho filmi bo‘lib, premyerasi 26-aprel 2019-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Sujet[tahrir]

Xandar sayyorasini zabt etib, oltita Abadiyat toshlaridan biri bo‘lgan Qudrat Toshini qo‘lga kiritgan Thanos va uning leytenantlari—Ebony Maw, Cull Obsidian, Proxima Midnight va Corvus Glaive, Asgardliklarning fazo kemasini egallaydi.[N 1] Thanos Tesseraktdan Olam Toshini chiqarib oladi va Thorning fazo kemasidagi Asgardliklarni qirib tashlaydi. Unga dastlab Hulk qarshi chiqadi va u yengiladi, hamda Lokini o‘ldiradi. Heimdall, Thanos Hulkni o‘ldirishdan avval, Bifröstdan foydalanib, Bannerni Yerga yuboradi. Thanos o‘zining leytenantlari bilan ketadi va kemani portlatadi.

Hulk New York shahrida joylashgan Sanctum Sanctorum'ga Bruce Banner ko‘rinishida qaytadi. U Thanosning koinotdagi aholining yarmini yo‘q qilish rejasi haqida Stiven Strange va Wongni ogohlantiradi; Bunga javoban Strange Tony Starkga aytadi. Maw va Obsidian Piter Parkerning diqqatini jalb qilgan holda Vaqt Toshini Strange'dan olish uchun yetib keladi. Maw Strange'ni qo‘lga oladi, ammo Strange'ning sehrgarligi tufayli Vaqt Toshini ololmaydi. Shuning uchun Strange'ni kosmik kemasida olib ketadi. Stark va Parker Mawning kosmik kemasini taʼqib qiladi. Banner esa bu paytda Steve Rogers bilan aloqada bo‘ladi. Wong Sanctumni himoya qilish uchun ortga qaytadi.

Edinburgda Midnight va Glaive, Wanda Maximoff va Vijen yashash joyini izlab borishadi. Rogers, Natasha Romanoff va Sam Wilson ularni qutqaradi. Keyinchalik ular Qasoskorlar binosida James Rhodos va Banner bilan birgalikda boshpana topdi. Vijen, Maximoffga Thanosni yo‘q qilish uchun o‘zidagi Tafakkur Toshini yo‘q qilishini so‘raydi. Maximoff buning uchun Vijenni qurbon qilish kerakligi bilar edi va buni rad etadi. Rogers esa Thanos toshlarga egalik qilmasdan avval, Vijenni qurbon qimagan holda toshni olib tashlash uchun resurslarga ega deb bo‘lgan Wakandaga borishni taklif qiladi.

Galaktika Qoʻriqchilari Asgardian kemasi yo‘q bo‘lganiga guvoh bo‘lishadi va Thorni qutqarishadi. Thor Galaktika Qo‘riqchilaridan Thanos haqida so‘raydi va ularga Borliq Toshini olish uchun Unut sayyorasidagi bir kolleksionerni topish kerakligini aytadi. Raketa va Groot Thorni Nidavellir sayyorasiga olib boradi, ular Eitri bilan Thanosni o‘ldirishga qodir bo‘lgan jangovar chaqmoq qilishga qodir qurol yaratadilar (Thorning eski Mjolniri opasi Hela tomonidan yo‘q qilingan edi). Piter Quill, Gamora, Drax va Mantis Thanosdan avval Borliq Toshini topish ilinjida, Unut sayyoriga borishadi. Thanos esa ulardan avval kelib, kolleksionerni o‘ldiradi va Draxni parchalab tashlaydi. Thanos o‘gay qizi Gamorani qo‘lga oladi va uni uyi, Titanga olib ketadi. Thanos Soul Toshining manzilini ochib beradigan xaritani Gamora bilishini bilar edi. Shuning uchun ham Thanos Gamoraning ki‘z o‘ngida Nebulani qiynaydi va Gamoraga manzilni aytsang qiynoqni to‘xtatishi haqida aytadi. Gamora Soul Toshi qayerda ekanligini aytadi. Thanos va Gamora Vormirga boradi, u yerda tosh qo‘riqlovchisi Red Skullni uchratadi. Red Skull esa Thanosga faqat sevadigan odamini qurbon qilish orqali olib ketishi mumkinligini aytadi. Thanos toshni qo‘lga kiritish uchun istamagan holda Gamorani o‘ldiradi.

Asirlikdan qochib ketgan Galaktika Qo‘riqchilarni Thanosning vayron etilgan uyi Titanga borib, Thanosga qarshi zarba berishmoqchi. Stark va Parker Mawni o‘ldiradi va Strange'ni qutqaradi. Stark, Strange va Parker kosmik kemada Titanga borishadi. Ular Quill, Drax va Mantis bilan uchrashishadi. Guruh Thanosning Abadiyat toshlarini olib qo‘yishni rejalashtirgan edi. Bunda ularga Mantis qo‘l keladi. Thanos aholi soni ko‘payib ketishiga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish uchun Titanga keladi. Guruh Thanosni qo‘lga oladi va Mantis uni xayolini o‘qiydi. Mantis guruhga Gamora o‘lganligi haqida aytadi. Quillning bundan jahli chiqadi va uning qaltis harakatlari tufayli Mantis boshqaruvni yo‘qotadi. Thanos esa bundan foydalanib guruhga katta zarba beradi. Temir odam Thanosga xanjar bilan qarshi chiqadi va Thanos xanjarni olib, Starkni jarohatlaydi. Stark esa Strange Vaqt Toshini Thanosga topshirgandan so‘ng qutqariladi.

Wakandani Thonos armiyasi bosib olinmasidan avval, Rogers Bucky Barnes bilan birlashadi. T'Challa va Wakanda kuchlari birgalikda, Shuri Tafakkur Toshini Vijendan chiqarish uchun harakat qilayotganda himoyalaydi. Banner Hulkka aylana olmadi. Suning uchun Banner Stark'ning Hulkbuster nomli sovutiidan foydalandi. Keyinchalik Thor, Rocket va Groot Qasoskorlarga yordam berish uchun keladi; Midnight, Obsidian va Glaive halok bo‘ladi va ularning qo‘shinlari tor-mor etiladi. Thanos Maximoffning Tafakkur Toshni yo‘q qilishga urinishiga qaramay, uni Vijendan olib tashlab, uni o‘ldiradi.

Thor Thanosni qattiq jarohatlaydi, ammo Thanos Abadiyat Toshlari orqali teleportatsiya yo‘li bilan o‘zini uzoqlashtiradi va Yer sayyorasi aholisining yarmini yo‘q qiladi. Barnes, T'Challa, Groot, Maximoff, Wilsin, Mantis, Drax, Quill, Strange va Parker, shuningdek, Maria Hill va Nick Fury singari superqahramonlar parchalanib ketadi; Ammo Fury'ning sherigi bu haqda ogohlantirish uchun signal uzatadi.[N 2] Stank va Nebula Titanda, Banner, M'Baku, Okoye, Rhodes, Rocket, Rogers, Romanoff va Thor Wakanda'da jang maydonida qoladilar. Boshqa tomondan, Thanos boshqa sayyorada quyosh botishini kuzatib turadi.

Rollarda[tahrir]

Milliarder Tony Starkga Thanosni kelayotganligi xabari Doktor Strange orqali keladi. Strangeni toshi tufayli Obsidian kemasi bilan olib ketadi. Stark Thanosni odami Obsidianni kemasiga O‘rgimchak-odam bilan birga Strange va Abadiyat toshlaridan birini qutqarishga boradi.
Thor: Ragnarokdan so‘ng Asgard qiroli, hamda, qasoskor Tor kosmik kemasini va asgardliklarni Thanos xarob qilganidan so‘ng, u Galaktika Qo‘riqchilarini topadi va ular Thorga yordam beradilar.
Banner Thorni kosmik kemasida Thanos bilan jangda mag‘lub bo‘ladi. Uni Heymdal Yerga yuboradi. Endilikda Banner Hulkga aylana olmaydi.[12][13][14]
Kapitan Rogers Fuqarolar urushidan so‘ng Qasoskorlar tarqalishadi. Lekin Thanos xavfi tufayli ular qayta birlashadilar.
Quill va uning do‘stlari Thorni topib olgandan so‘ng, Gamora uchun Thanosga qarshi kurashga otlanadi. Keyinchalik Titan sayyorasida Stark va Strange bilan Thanosga qarshilik qilish va uni yengish uchun reja tuzishadi.
Rogersning do‘sti Qora Beva Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi filmida Rogersni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ammo oxirida ularga Bakini qutqarishga yordam beradi. Yoxansson Romanoffni mohirona tarzda o‘ynagan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Strange va uning do‘sti (Benedikt Uong) Thanosga qarshi Qasoakorlarga qo‘shiladi. Kristofer Markus va Stiven Makfili bu rolni keng miqyosda yuqori darajada yoritib berishdi.
Qora Pantera filmidan so‘ng Vakanda qiroli T'Challa Qasoskorlarga qo‘shiladi. U qo‘shini va generali bilan Tanosga qarshi kurashadi.
Starkning yordami orqali superqahramon bo‘lgan Piter Parker Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish filmidan so‘ng juda zamonaviy kostyumga ega bo‘ladi. Kostyumning avvalgidan farqi ko‘kning o‘rniga qora rang ishlatilishi, hamda, o‘ta rivojlangan, so‘nggi texnologiyalardan foydalanilgan funksiyalari borligidadir.
Filmda Thanos salbiy rolni o‘ynaydi. Uning tanasi Titandan tashkil topgan bo‘lib, qo‘llari va oyoqlari uzun, bahaybat mavjudot. Produser Kevin Feige bu qahramonni muxlislarga yorqin yoritib bergan. Tanos syujetga ko‘ra olti dona Abadiyat Toshini izlaydi.
Bu filmda ham Stan Lee kameo rolda o‘ynagan. Kartinada Lee Parker bo‘lgan avtobusdagi avtobus haydovchisi bo‘lib ko‘rinib o‘tadi. Lee bundan avval Qora Pantera filmida barda kameo rolda o‘ynagan edi.
Galaktika Qo‘riqchilari aʼzosi bo‘lib, Thanosdan o‘ch olish uchun qulay vaziyat kutib turmoqda. Chunki, Thanos Drax'ning oilasi o‘limida aloqasi bor. Zero, Drax Galaktika Qoʻriqchilari filmida oilasi qotili Rolandni o‘ldirgan edi.
Galaktika Qo‘riqchilari aʼzosi bo‘lib, Thanosning o‘gay qizi. U Thanosni yomon ko‘radi. Chunki, Thanos Gamoraning ko‘z o‘ngida olam muvozanatini tiklash maqsadida, ota-onasini va xalqini qirib tashlagan.[20][21]
Galaktika Qo‘riqchilari aʼzosi bo‘lib, kichik daraxt-odam. Galaktika Qo‘riqchilari: 1-qism'da Groot o‘ladi va Galaktika Qoʻriqchilari 2-qism'da kichik ko‘rinishda o‘sadi. U Thorga Mjolnir'ni yasashda yordam beradi.[22][23][24]
Galaktika Qo‘riqchilari aʼzosi bo‘lib, yenot ko‘rinishadi mutant. U Thor va Groot bilan Mjolnir yasovchi bir elfni izlab ketadi va ularga yordam beradi.[25][26][27]

Chiqish[tahrir]

Teatr[tahrir]

Qasoskorlar: Abadiyat jangi o‘zining jahon premyerasini 2018-yil 23-aprelda Los Anjelesdagi Dolby Teatrida o‘tkazdi, shuningdek, El-Kapitan teatri va Graumanning Xitoy teatrida namoyish etildi. U butun dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Qo‘shma Shtatlarda, 2018-yil 27-aprel bo‘lib o‘tdi va katta ekranlarda IMAX va 3D formatlarida namoyish qilingan. Qo'shma Shtatlarda film 4,474 ta teatrda namoyish qilindi, ulardan 408 tasi IMAX hisoblanadi; Bu Disney unvoni uchun eng keng tarqalgan versiya va Yaxshi boʻlish osonmi 3 ning 4,529 ta teatridan keyingi ikkinchi eng keng tarqalgan film edi. AMC Teatrining uch joyida film 24 soat davomida to‘glridan-to‘g‘ti tomosha qilindi va ularning 53 tasi talabalar uchun 2 yoki 3 soatdan namoyish qildi. Hindistonda filmning eng katta versiyasi Hollywood versiyasidagi film edi, u to‘rtta tilda qariyb 2000 ta ekranda uzatildi. Filmning 59 mamlakatda 515 4DX teatrida namoyish etilgan. Dastlab, 2018-yil 4-mayda AQShda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. 2018-yil 11-mayda ochilgan filmning Xitoyda chiqarilishi 2018-yil 10-iyunda nihoyasiga yetadi.

Filmning posterlari va tasvirlari aprel oyining boshida, filmning Los Anjelesdagi premyerasi oldidan filmning matbuot safari davomida turli shaharlar atrofida namoyish etildi. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi premyerasidan avval, Nyu Yorkdagi AMC Teatrlarda va Orlandoda, keyinchalik Floridada 25-apreldan Marvel Kinematografiya Koinotining film marofoni boshlangan.

Home media[tahrir]

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi Walt Disney Studios Home Entertainment tomonidan 31-iyul 2018-yilda digital download ko‘rinishida, 14-avgustdan keyin esa Ultra HD Blu-ray, Blu-ray, va DVD'larda chiqqan hisoblanadi.[28][29][30][31][32][31]

O‘zbekistonda tarqalishi[tahrir]

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi premyerasi Oʻzbekistonda 27-aprel 2018-yilda bo‘lib o‘tdi. Ushbu premyeradan qariyb ikki oydan so‘ng raqamli televideniyalarda efirga uzatildi.

Daromad[tahrir]

Qasoskorlar: Abadiyat Jangi filmi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada $678.8 million, boshqa mamlakatlarda esa $1.370 milliard miqdorda daromad topishga muvaffaq bo‘ldi. Jami dunyo bo‘ylab $2.048 milliard daromad topdi.[6] Ushbu film dunyo miqyosida ayni vaqtda to‘rtinchi eng yuqori daromadli film,[33][34] 2018-yil filmlari bo‘yicha esa eng yuqori daromadli film,[35] superqahramon filmlar bo‘yicha esa eng yuqori daromadli film bo‘lib turibdi.

Mukofotlar[tahrir]

Yil Mukofot Turkum Qabul(lar) Natija Ref(lar)
2018 Oltin Trailer Mukofoti Eng Yaxshi Jangari "Millions" (Mocean) Nominatsiya [36]
Eng Yaxshi Tizer "Balance" (Mocean) Nominatsiya
Eng Yaxshi Original Natija "Millions" (Mocean) Nominatsiya
MTV Film & TV Mukofoti Eng Yaxshi Film Avengers: Abadiyat Jangi Nominatsiya [37]
Eng Yaxshi Salbiy Obraz Josh Brolin Nominatsiya
Eng Yaxshi Kurash Scarlett Johansson, Danai Gurira, Elizabeth Olsen Carrie Coonga qarshi Nominatsiya
People's Choice Awards 2018-yil filmi Avengers: Abadiyat Jangi Yutuq [38]
2018-yil jangari filmi Yutuq
Male Movie Star of 2018 Chris Hemsworth Nominatsiya
Robert Downey Jr. Nominatsiya
Female Movie Star of 2018 Scarlett Johansson Yutuq
Action Movie Star of 2018 Chris Hemsworth Nominatsiya
Teen Choice Awards Choice Action Movie Avengers: Abadiyat Jangi Yutuq [39]
Choice Action Movie Actor Chris Evans Nominatsiya
Robert Downey Jr. Yutuq
Tom Holland Nominatsiya
Eng Yaxshi Jangari Film Aktrisasi Elizabeth Olsen Nominatsiya
Scarlett Johansson Yutuq
Zoe Saldana Nominatsiya
Eng Yaxshi Filmdagi Salbiy Obraz Josh Brolin Nominatsiya
Choice Liplock Chris Pratt va Zoe Saldana Nominatsiya
Choice Hissy Fit Mark Ruffalo Nominatsiya
2019 Academy Mukofoti Eng Yaxshi Visual Effectlar Dan DeLeeuw, Russell Earl, Kelly Port, Dan Sudick Nominatsiya [40]
BAFTA Eng Yaxshi Maxsus Visual Effektlar Nominatsiya [41]
Critics' Choice Awards Eng Yaxshi Jangari Film Avengers: Abadiyat Jangi Nominatsiya [42]
Eng Yaxshi Visual Effektlar Nominatsiya
Grammy Mukofoti Eng Yaxshi Bastakor Alan Silvestri ("Abadiyat Jangi" uchun) Nominatsiya [43]
Satellite Mukofoti Eng Yaxshi Visual Effektlar Avengers: Abadiyat Jangi Nominatsiya [44]
Screen Actors Guild Awards Outstanding Performance by a Stunt Ensemble in a Motion Picture Nominatsiya [45]
Visual Effects Society Awards Outstanding Visual Effects in a Photoreal Feature Daniel DeLeeuw, Jen Underdahl, Kelly Port, Matt Aitken va Dan Sudick Yutuq [45]
Outstanding Animated Character in a Photoreal Feature Jan Philip Cramer, Darren Hendler, Paul Story, Sidney Kombo-Kintombo ("Thanos" uchun) Yutuq
Outstanding Model in a Photoreal or Animated Project Chad Roen, Ryan Rogers, Jeff Tetzlaff and Ming Pan ("Nidavellir Forge Megastructure" uchun) Nominatsiya
Outstanding Effects Simulations in a Photoreal Feature Gerardo Aguilera, Ashraf Ghoniem, Vasilis Pazionis va Hartwell Durfor ("Titan" uchun) Yutuq
Florian Witzel, Adam Lee, Miguel Perez Senent, Francisco Rodriguez ("Wakanda" uchun) Nominatsiya
Outstanding Compositing in a Photoreal Feature Sabine Laimer, Tim Walker, Tobias Wiesner va Massimo Pasquetti ("Titan" uchun) Yutuq

Sikvel[tahrir]

Avengers: Endgame filmi hozirgi kartinaning sikveli yaʼni davomi hisoblanadi. Film premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda[46][47] bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatmalar[tahrir]

  1. 2017-yilda ishlangan Thor: Ragnarok filmi.
  2. Bu xabar Carol Danvers / Kapitan Marvelga boradi.[9]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Hullfish, Steve (April 29, 2018). Art of the Cut with Avengers – Infinity War editor, Jeffrey Ford, ACE. Pro Video Coalition. Asl nusxadan arxivlandi (December 23, 2018). December 22, 2018.
  2. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BBFC
  3. D'Alessandro, Anthony (May 8, 2018). 'Avengers: Infinity War' Marches Toward $600M Profit; How The Russo Brothers Mapped Out The Marvel Hit. Deadline Hollywood. Asl nusxadan arxivlandi (May 10, 2018). May 8, 2018.
  4. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ForbesBudget
  5. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named VarietyBudget
  6. 6,0 6,1 Avengers: Infinity War (2018). Box Office Mojo. January 14, 2019.
  7. Strom, Marc (October 8, 2015). Marvel Studios Phase 3 Update. Marvel.com. Asl nusxadan arxivlandi (October 8, 2015). October 8, 2015.
  8. Cabin, Chris (November 13, 2015). 'Ant-Man and the Wasp': Michael Douglas Eyeing Return for Sequel. Collider. Asl nusxadan arxivlandi (November 13, 2015). November 13, 2015.
  9. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named CaptainMarvel
  10. Robert Downey Jr. To Return As Marvel's Iron Man. Marvel.com (June 20, 2013). Asl nusxadan arxivlandi (June 20, 2013). June 20, 2013. Cite error: Invalid <ref> tag; name "DowneyInfinity" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "DowneyInfinity" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "DowneyInfinity" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "DowneyInfinity" defined multiple times with different content
  11. 11,0 11,1 Chitwood, Adam (April 14, 2015). Chris Hemsworth Reveals the 3 Marvel Movies Left on His Contract. Collider. Asl nusxadan arxivlandi (April 15, 2015). April 15, 2015. Cite error: Invalid <ref> tag; name "HemsworthEvans" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "HemsworthEvans" defined multiple times with different content
  12. 12,0 12,1 Sciretta, Peter (October 28, 2014). Watch: All Of Your Marvel Phase 3 Questions Answered By Marvel Head Kevin Feige. /Film. Asl nusxadan arxivlandi (October 30, 2014). October 30, 2014. Cite error: Invalid <ref> tag; name "Oct2014EventQA" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "Oct2014EventQA" defined multiple times with different content
  13. 13,0 13,1 Butler, Tom (January 25, 2016). Mark Ruffalo Promises Epic Arc For Hulk Across Thor 3 and Infinity War. Yahoo!. Asl nusxadan arxivlandi (January 28, 2016). January 28, 2016. Cite error: Invalid <ref> tag; name "RuffaloYahooJan2016" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "RuffaloYahooJan2016" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "RuffaloYahooJan2016" defined multiple times with different content Cite error: Invalid <ref> tag; name "RuffaloYahooJan2016" defined multiple times with different content
  14. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ColliderRuffaloBosemanMarch2018
  15. Bradley, Bill (August 24, 2016). Directors Confirm Captain America Isn’t Captain America Anymore. The Huffington Post. Asl nusxadan arxivlandi (August 25, 2016). August 25, 2016.
  16. Halle Berry, Jamie Dornan, Chris Evans, Gael García Bernal, Samuel L. Jackson, Scarlett Johansson, Dakota Johnson, Kate Mckinnon, Shirley Maclaine, Hailee Steinfeld Will Be Presenters on Oscars® Stage. Oskar (February 7, 2017). Asl nusxadan arxivlandi (February 8, 2017). February 7, 2017.
  17. https://www.cumberbatchinfinity.com
  18. Welch, Alex (June 7, 2017). Avengers: Infinity War – Black Panther Actor Starts Filming. Screen Rant. Asl nusxadan arxivlandi (June 8, 2017). June 8, 2017.
  19. Couch, Aaron (February 10, 2017). 'Avengers: Infinity War' Featurette Shows Off First Footage From Set. The Hollywood Reporter. Asl nusxadan arxivlandi (February 11, 2017). February 10, 2017.
  20. Leadbeater, Alex (January 9, 2017). Gamora Confirmed for Avengers: Infinity War. Screen Rant. Asl nusxadan arxivlandi (January 10, 2017). January 9, 2017.
  21. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Greenblatt
  22. Welch, Alex (January 20, 2016). Vin Diesel: Groot & Hulk Must 'Get Down' in Avengers: Infinity War. Screen Rant. Asl nusxadan arxivlandi (January 21, 2017). January 20, 2016.
  23. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named AdolescentGroot
  24. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named NotaryGroot
  25. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named VultureD23Footage
  26. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SeanGunn
  27. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named JGunnSGunnClarify
  28. Perry, Spencer (July 10, 2018). Avengers: Infinity War Blu-ray, 4K, and Digital-HD Details Confirmed!. ComingSoon.net. Asl nusxadan arxivlandi (July 10, 2018). July 10, 2018.
  29. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named HomeMediaSales
  30. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ForbesBluRayRatio
  31. 31,0 31,1 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SlashFilmColliderQ&A
  32. Salan, Taylor (November 29, 2018). Everything We Learned About Avengers: Infinity War From the Russo Brothers' Q&A. SuperHero Hype. Asl nusxadan arxivlandi (November 30, 2018). November 30, 2018.
  33. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named DeadlineIntWknd4
  34. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named 2Billion
  35. 2018 Worldwide Grosses. Box Office Mojo. May 16, 2018.
  36. Hipes, Patrick (May 9, 2018). Golden Trailer Award Nominations: 'The Shape Of Water', 'Hitman's Bodyguard' Top List. Deadline Hollywood. Asl nusxadan arxivlandi (June 2, 2018). June 2, 2018.
  37. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MTVMovieAwards
  38. Macke, Johnni (November 11, 2018). People's Choice Awards 2018 Winners: The Complete List. E! Online. November 12, 2018.
  39. Teen Choice Awards: Winners List. The Hollywood Reporter (August 12, 2018). Asl nusxadan arxivlandi (August 13, 2018). August 12, 2018.
  40. Oscar Nominations 2019: The Complete List. Variety (January 22, 2019). Asl nusxadan arxivlandi (January 23, 2019). January 23, 2019.
  41. Lady Gaga, 'Bohemian Rhapsody' Nominated For 2019 BAFTA Awards. Billboard (January 9, 2019). January 10, 2019.
  42. The Favourite leads awards race with 14 Critics' Choice nominations. The Guardian (December 10, 2018). December 12, 2018.
  43. Lynch, Joe (December 7, 2018). Grammys 2019 Nominees: The Complete List. Billboard. December 9, 2018.
  44. 2018 Awards Nominees. International Press Academy. December 12, 2018.
  45. 45,0 45,1 Hipes, Patrick (December 12, 2018). SAG Awards Nominations: 'A Star Is Born', 'Mrs. Maisel', 'Ozark' Lead Way – The Full List. Deadline Hollywood. December 12, 2018.
  46. https://www.marvel.com/avengers-4
  47. https://m.imdb.com/title/tt4154796

Cite error: <ref> tag with name "Oct2014Event" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "InfinityWar" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "HiddlestonInfinity" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "BrolinInfinity" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Russos" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Russos2" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "MarkusMcFeely" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "FeigeApril2015" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Atlanta" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "BrolinMoCap" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "RussosApr2016" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DowneyClarify" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Retitled" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Silvestri" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Retitled2" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "PrattOlsen" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Stan" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "CumberbatchInfinity" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Pinewood" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Wong" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "WorkingTitle" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Scotland" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "CumberbatchStandIn" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Gillan" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Bautista" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "FilmingStart" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "EndgameTitleReveal" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "MarquandVoice" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DidThanosKillMeWebsite" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "PolygonRedditBan" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "GizmodoRedditBan" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "RussosRedditBan" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "ILM" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DukeKasumba" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Spiegel_trailer" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "Cooper_trailer" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "BrolinMoCap" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DeadlineIntWknd2" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DeadlineWknd3" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "DeadlineIntWknd3Early" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "THRIMAX" defined in <references> is not used in prior text.
Cite error: <ref> tag with name "RussoHulkScared" defined in <references> is not used in prior text.

Cite error: <ref> tag with name "RogersLateEntry" defined in <references> is not used in prior text.

Havolalar[tahrir]