Qasoskorlar: Ultron davri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avengers: Age of Ultrondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Qasoskorlar: Ultron davri
Avengers: Age of Ultron
Avengers – Age of Ultron Poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor Jos Whedon
Produser Kevin Feige
Ssenariy muallifi Jos Wheodon
Rollarda Robert Downey Jr.
Chris Hemsworth
Mark Ruffalo
Chris Evans
Scarlett Johansson
Jeremy Renner
Don Cheadle
Aaron Taylor-Johnson
Idris Elba
Samuel L. Jackson
Bastakor Brian Tyler
Danny Elfman
Muharrir Jeffrey Ford
Lisa Lassek
Studiya Marvel Studios
Distributor Walt Disney Studios
Motion Studios
Premyera sanasi
  • 1-may, 2015-yil(2015-05-01)

(Oʻzbekiston)

Davomiyligi 141 daqiqa
Mamlakat AQSh
Til Inglizcha
Mablagʻ $250 million
Daromad $1,405,403,694
Avvalgi film Qasoskorlar
Keyingi film Qasoskorlar: Abadiyat jangi

Qasoskorlar: Ultron davri (Inglizcha: Avengers: Age of Ultron), 2015-yilda Marvel Studios studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika superqahramon filmi. Film g‘oyasi Marvel Comics nashriyotidagi Qasoskorlar jamoasiga asoslangan bo‘lib, kartina 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar filmining davomi hisoblanadi.

Sujet[tahrir]

Sharqiy Yevropaning Sokovia o‘lkasida qasoskorlar – Tony Stark, Steve Rogers, Thor, Bruce Banner, Natasha Romanoff va Clint Burton, ilgari odamlarda Lokining hassasi yordamida tajriba o‘tkazgan Baron Volfgang fon Strucker boshchiligidagi Hydra inshootiga reyd uyushtirdilar. Ular Struckerning ikkita yosh egizak mutantlariga duch kelmoqdalar – yuqori tezlikka ega Pietro va telepatik qobiliyatga ega bo‘lgan Wanda Maximoff. Qasoskorlar, Strucker va uning jamoasini mag‘lub qiladilar, faqat egizak mutantlar qochib ketadi. Stark esa Lokining hassasini tortib oladi.

Stark va Banner, hassaning marvaridi yordamida sun‘iy intellektni kashf etadilar va Qasoskorlardan yashirin ravishda, undan Starkning "Ultron" mudofaa dasturini yakunlash uchun foydalanishga qaror qiladilar. Kutilmagan tarzda yaratilgan Ultron, Yerni qutqarish uchun insoniyatni yo‘q qilish kerak deb hisoblaydi va Starkga tegishli J.A.R.V.I.S'ni yo‘q qiladi. Qasoskorlar o‘zining qarorgohida Ultron bilan jang qiladi va uni yengadi. Ammo, Ultron qochib ketadi. U o‘zining tanasini yangilash va robot dronlardan iborat armiya tuzishda Struckerning Sokovia bazasidagi resurslaridan foydalanadi. Struckerni o‘ldirgandan so‘ng, u egizak Maximofflarni, ularni ota-onalarining o‘limi sababchisi Stark Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan qurol ekanligidan foydalanib, ularni o‘ziga og‘dirib oladi. Keyin Ultron faqat Wakandada uchraydigan dunyodagi eng pishiq metall bo‘lmish vibranniumni sotib olish uchun Johannesburgdagi qurol sotuvchisi Ulysses Klauening bazasiga boradi. U yerda Qasoskorlar Ultron va Maximofflarga hujum qilishadi, ammo Wanda ularni dahshatli gallyutsinatsiyalar bilan bo‘ysundiradi va Bannerning Hulkga aylanishiga, Stark uni o‘zining qurollari bilan to‘xtatmagancha majbur qiladi.

Dunyo bo‘ylab vayronagarchilik vujudga keladi. Qasoskorlar esa Burtonning uyiga borishadi. Thor o‘zining Wanda tomonidan hosil qilingan gallyutsinatsiyasida ko‘rgan apokaliptik kelajak to‘g‘risida doktor Eric Selvig bilan maslahatlashishga ketadi, bu paytda esa Nick Fury kelib, jamoani Ultronni to‘xtatish rejasini tuzishga undaydi. Seulda Ultron Lokining hassasidan foydalanib, jamoaning do‘sti doktor Helen Choni o‘ziga qul qilib oladi. Ular yangi tanani ishlab chiqarish uchun uning sintetik to‘qima texnologiyasi, vibrannium va hassaning marvarididan foydalanadilar. Ultron o‘zini yangi tanaga yuklaganida, Wanda ongini o‘qiydi; Ultronning yovuz rejalarini bilgan Maximofflar unga qarshi chiqishadi. Rogers, Romanoff va Burton Ultronni topib, sintetik tanani olishadi, ammo Ultron Romanoffni ushlaydi.

Stark va Banner yashirincha Internetda Ultronning sintetik tanasiga yashiringan J.A.R.V.I.S.ni yuklaganlarida, Qasoskorlar o‘zaro kurashadilar. Thor tanani faollashtirishga yordam berish uchun qaytib keladi va o‘zining qarashlariga asoslanib, yangi miyadagi tosh bu oltita Cheksizlik toshlaridan biri bo‘lib, bu dunyosagi eng kuchli obektlardan biri ekanligini tushuntiradi. Boshida Tafakkur toshini saqlayotgan "Vision" va Maximofflar Qasoskorlarni Sokovia shahriga olib boradilar, u yerda Ultron qolgan tebranishni Sokovianing katta qismini osmonga ko‘tarish uchun dastgoh qurishda ishlatgan va uni butun dunyo bo‘ylab qirg'in qilish uchun Yerga qulatmoqchi bo‘layotgan edi. Banner Hulkni jang uchun uyg‘otadigan Romanoffni qutqaradi. Fury Maria Hill, James Rhodes va S.H.I.E.L.D bilan Sokoviaga kelgan paytda Qasoskorlar Ultronning qo‘shiniga qarshi kurashmoqda. Jamoa tinch aholini evokuatsiya qiladi. Pietro o‘qqa tutilayotgan Burtonni himoya qilganda vafot etadi va bundan g‘azablangan qasoskor Wanda Ultronning asosiy tanasini yo‘q qilish uchun uning ko‘plab dronlarini qirib tashlaydi. Shahar Yerga qulash arafasida, lekin Stark va Thor osmondan Yerga tushayotgan Sokovianing markaziga kuchli zarba beradi. Natijada, Sokovia osmonda portlab, parchalanib ketadi. Hulk Romanoffni xavf ostiga qolishini istamay, quinjetda jo‘naydi, Vision esa Ultronning so‘nggi tanasini yo‘q qiladi.

Keyinchalik, Qasoskorlar Fury, Hill, Cho va Selvig tomonidan boshqariladigan yangi bazani yaratgandan so‘ng, Thor Asgardga qaytib, yaqinda sodir bo‘lgan voqealarni boshqarganlikda gumon qilingan kuchlar haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘ladi. Stark ketgach, Burton esa nafaqaga chiqqach, Rogers va Romanoff yangi qasoskorlar: Rhodes, Vision, Sam Wilson va Wandani o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

O‘rta kreditlar sahnasida, Ultronning mag‘lubiyatidan norozi bo'lgan Thanos, oltin qo‘lqopni kiymoqda va Cheksizlik toshlarini qaytarib olishni va‘da bermoqda.

Rollarda[tahrir]

Ishlab chiqarish[tahrir]

Filmning dunyo boʻyicha daromadi 1,4 milliard dollargacha yetdi. Bu eng kassabop filmlar roʻyxatida 5-oʻrinni egallab turibdi. Ushbu filmning prikveli 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar filmi hisoblanadi. Undan soʻng, Thor: Zulmat dunyosi va Temir odam 3 filmlari ommaga havola qilindi. Rejissor Joss Whedon uch yildan soʻng Qasoskorlar trilogiyasining ikkinchi qismini olmoqchi boʻldi va suratga olindi.

Sikvel[tahrir]

Qasoskorlar: Ultron erasi filmi sikveli Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi bo‘lib, ushbu film premyerasi 27-aprel 2018-yilda bo‘lib o‘tdi. Film $2 milliarddan ortiq daromad ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy maqola: Qasoskorlar: Intiho

Qasoskorlar: Intiho filmi premyerasi 26-aprel 2019-yilda bo‘lib o‘tdi. Film $2.8 milliarddan ortiq daromad ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi va tarixda eng yuqori daromadli film bo‘ldi.

Marketing[tahrir]

Qasoskorlar: Ultron davri filmining rasmiy treyleri 2014-yilning oktabr oyida namoyish qilindi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]