Hayley Atwell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayley Atwell

Atwell 2017-yil Londonda
Tavalludi
Hayley Elizabeth Atwell

5-aprel 1982-yil (1982-04-05) (41 yosh)
London, Angliya
Fuqaroligi
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005—hozirgacha

Hayley Elizabeth Atwell (talaffuzi: Heyli Elizabet Etvill; 1982-yil 5-aprelda tugʻilgan) AQSh va Buyuk Britaniya fuqaroligidagi ingliz aktrisasidir.[1] Londonda tugʻilib oʻsgan Atwell Guildhall nomidagi musiqa va drama maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan va 2005-yilda Prometheus Bound pyesasida ilk marotaba sahnaga chiqqan. Keyinchalik u West End teatrining sahnalarida koʻp koʻrinish berdi hamda The Duchess (2008) filmidagi Lady Elizabeth Foster roli ortidan shuhrat qozondi, hatto buning uchun BIFAning „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasiga loyiq topilgan. Shuningdek, Atwell The Pillars of the Earth (2010) filmida bosh qahramonni gavdalantirgani uchun Oltin globusning „Eng yaxshi aktrisa — miniseriallar va teleseriallar“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.

Atwell koʻplab Marvel kinematografiya koinoti (MKK) filmlarida, jumladan Birinchi qasoskor (2011), Birinchi qasoskor: Qish askari (2014), Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Chumoli-odam (2015) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabi filmlarda hamda Agent Carter (2015—2016) nomli jangari-sarguzasht janridagi serialda Peggy Carter personajini jonlantirgan. U Marvel filmlaridagi roli ortidan xalqaro darajada mashhurlikka erishdi.

Atwell 66-Britaniya Akademiya film mukofoti taqdirlash marosimida (2013).

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Roli Izohlar
2007 Cassandra's Dream Angela Stark
How About You Ellie Harris
2008 Brideshead Revisited Julia Flyte
The Duchess Elizabeth „Bess“ Foster
2011 Birinchi qasoskor Peggy Carter
2012 I, Anna Emmy
The Sweeney DC Nancy Lewis
2013 Jimi: All Is by My Side Kathy Etchingham
2014 Birinchi qasoskor: Qish askari Peggy Carter
Testament of Youth Hope Milroy
2015 Cinderella Cinderellaning onasi
Qasoskorlar: Ultron erasi Peggy Carter
Chumoli-odam
2018 Christopher Robin Evelyn Robin
2019 Blinded by the Light Clay xonim
Qasoskorlar: Intiho Peggy Carter
2021 Uddalab boʻlmas topshiriq 7 TBA Ishlab chiqarish bosqichida

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Roli Izohlar
2005 Whatever Love Means Sabrina Guinness Telefilm
2006 Fear of Fanny Jane
The Ruby in the Smoke Rosa Garland
The Line of Beauty Catherine "Cat" Fedden 3 ta qism
2007 Mansfield Park Mary Crawford Telefilm
The Shadow in the North Rosa Garland
2009 The Prisoner Lucy / 4-15 5 ta qism
2010 The Pillars of the Earth Aliena 8 ta qism
Any Human Heart Freya Deverell 4 ta qism
2012 Falcón Consuelo Jiménez 4 ta qism
Playhouse Presents The Banker Qism: "The Man"
Restless Eva Delectorskaya 2 ta qism
2013 Black Mirror Martha Qism: "Be Right Back"
Life of Crime Denise Woods 3 ta qism
2014 Agents of S.H.I.E.L.D. Peggy Carter 2 ta qism
2015–2016 Agent Carter Bosh qahramon; 18 ta qism
2016 Lip Sync Battle Oʻzi Qism: "Clark Gregg vs. Hayley Atwell"
2016–2017 Conviction Hayes Morrison Bosh qahramon; 13 ta qism
2016 Return of the Spider Monkeys Sharhlovchi Hujjatli telefilm
2017–2019 Avengers Assemble Peggy Carter (ovoz bergan) 2 ta qism
2017 Howards End Margaret Schlegel Miniserial
2018 The Long Song Caroline Mortimer Miniserial
2018–2019 3Below: Tales of Arcadia Zadra (ovoz bergan) Bosh qahramon; 17 ta qism
2019 Criminal: UK Stacey Doyle Qism: "Stacey"
2021 What If...? Peggy Carter / Kapitan Carter (ovoz bergan) Qism: "#1.1"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hayley Atwell to star in US series“. The Belfast Telegraph (2-yanvar 2014-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]