Kontent qismiga oʻtish

Askar Xolliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Askar Ergashovich Xolliyev
Tavalludi 27-oktyabr 1959-yil (1959-10-27) (65 yosh)
Qorakoʻl tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog olim
Sohasi biologiya
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Askar Ergashovich Xolliyev (1959-yil 27-oktyabr, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik biolog olim, biologiya fanlari doktori (2016), professor (2020).

Askar Xolliyev 1959-yil 27-oktyabr Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 1981—1985-yillarda Samarqand davlat universiteti biologiya fakultetini tugatgan. 2001-yildan Buxoro davlat universiteti botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri[1][2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Askar Xolliyev 1988—1991-yillarda Samarqand davlat universiteti aspiranturasida oʻqigan, 1991-yilda nomzodlik ishini, 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta monografiya, 2 ta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanma, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].