Asad ibn Hoshim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asad ibn Hāshim was the son of Hashim ibn Abd Manaf and the brother of Abd al-Muttalib.
Asad ibn Hoshim

Asad ibn Hoshim (arabcha: أسد بن هاشم) Hoshim ibn Abdulmanafning oʻgʻli, Abdulmuttalibning ukasi, Fotima binti Asadning otasi, Alining onasi va Abu Tolibning amakivachchasi boʻlgan. Asad Qurayshning arab qabilalari orasida juda hurmatli inson edi. U savdogar boʻlib, kambagʻallarga tez-tez yordam koʻrsatib turgan. Uning ismi Arslon (jasur) degan maʼnoni anglatadi. Uning baʼzi avlodlari, odatda, al-Qurayshiy, al-Hoshimiy, al-Asadiy, Sayyid, Sharif familiyalaridan foydalangan boʻlsalar, yana boshqa avlodlari unga tegishli har qanday familiyadan foydalanishdan qochishgan.

Tavalludi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchilar Asad ibn Hoshimning aniq tugʻilgan sanasi haqida maʼlumotga ega emaslar, ammo ayrim manbalarga koʻra milodiy 485 yoki 497-yilda Makkada dunyoga kelgan.

Dini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarga koʻra, Asad ibn Hoshim Ibrohim paygʻambar eʼtiqod qiilgan dinga eʼtiqod qilgan, chunki arablarning aksariyati aynan shu dinga, jumladan, uning qabilasi Quraysh va boshqa amakilari tegishli boʻlgan qabilalar ham shu dinga eʼtiqod qilishgan. Asad ibn Hoshim Islom paygʻambari Muhammad tugʻilishidan oldin vafot etgan.

Aka-uka va opa-singillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abu Sayfi ibn Hoshim
  • Abdulmuttalib ibn Hoshim
  • Nozil ibn Hoshim
  • Nadla binti Hoshim
  • Safiya binti Hoshim
  • Shifo binti Hoshim
  • Ruqayya binti Hoshim
  • Xolida binti Hoshim
  • Xanna binti Hoshim
  • Zayfa binti Hoshim
  • Janna binti Hoshim
  • Ramla binti Hoshim
  • Hayya binti Hoshim
  • Dayfa binti Hoshim
  • Sayfa ibn Hoshim
  • Abbos ibn Hoshim
  • Abu Sayr ibn Hoshim

Avlodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fotima binti Asad ibn Hoshim xalifa Ali va uning akalarining onasi boʻlib, Muhammadga juda qadrdon kishilardan edi.
  • Hunayn ibn Asad ibn Hoshim[1] Asad ibn Hoshimning oʻgʻli boʻlib, uning Abdulloh va Abdurrahmon ismli ikki oʻgʻli boʻlgan. Ularning ikkalasi ham sahobalardan boʻlib, har ikkalasining oʻgʻlining ismi koʻplab hadis kitoblarida zikr qilingan[2].
  • Aday bint Asad ibn Hoshim
  • Xolida binti Asad ibn Hoshim (amakivachchasi al-Arqam ibn Nozil ibn Hoshimga turmushga chiqqan va Um as-Soib ash-Shafoa ismli qiz dunyoga keltirgan)[3]

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asad ibn Hoshim Muhammad tugʻilishidan oldin vafot etgan va boshqa oila aʼzolari bilan Makkada, ilgari Xojun nomi bilan mashhur boʻlgan Jannat al-Mualla degan hududda dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ansaab-ul-Ashraaf v4.
  2. Ansaab-ul-Arab, v3, page 99.
  3. Tareekh-e-Baghdad, v2, page412.