Nevroz
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Nevroz (koʻplik: nevrozlar) bugungi kunda asosan Freyd tafakkuri tarafdorlari tomonidan oʻtmishdagi tashvishlardan kelib chiqqan, koʻpincha ichiga yutilgan, davolanmagan ruhiy kasalliklarni tasvirlash uchun qoʻllaniladigan atamadir. Ushbu kontseptsiya bugungi kunda barchamizga psixologik travma sifatida yaxshi tanish.
Yaqin yaqingacha tarixda bu atama koʻpincha tashvish bilan bogʻliq holatlarni ham nazarda tutgan.
Nevrozni psixoz bilan yanglishtirmaslik kerak, psixoz- bu reallik, real hayot bilan aloqani yoʻqotishni anglatadi. Shuningdek, nevrozni nevrotizm atamasi bilan ham yanglishtirmaslik kerak, nevrotizm tashvish va ruhiy tushkunlikka moyil boʻlgan shaxsiy xususiyatga aytiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nevroz atamasi shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan „asab tizimining umumiy taʼsiri“ natijasida kelib chiqadigan „sezish va harakatning buzilishi“ ni ifodalash uchun kiritilgan atamadir. Bu atama yunoncha neyron (néῦrón, asab) soʻzidan va -osis qoʻshimchasidan (-ōsis, kasallik yoki gʻayritabiiy holat) olingan. U birinchi marta 1769 yilda lotin tilida nashr etilgan „Cullenʼs System of Nosology“ asarida chop etilgan