Aryana Said

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aryana Said

Aryana Said nutq so'zlamoqda
Tavalludi 14-iyul 1985-yil (1985-07-14) (38 yosh)[1]
Fuqaroligi Afgʻoniston
Kasbi
  • Qo‘shiqchi
  • Musiqachi
  • Shoira
  • Xayriyachi
  • Xayrli niyat elchisi
Faoliyat yillari 2007-yildan
Veb-sayti facebook.com/aryanamusic

Aryana Sayid (dariy / pushtucha: آريانا سعيد) — afgʻon qoʻshiqchisi, qoʻshiq muallifi va teleboshlovchi. U asosan dariy tilida kuylaydi, pushtu va oʻzbek tilida ham koʻp qoʻshiqlari bor. U Afgʻonistonning eng mashhur musiqachilaridan biri boʻlib,[2] Afgʻoniston ichida va undan tashqarida konsert va xayriya festivallarida muntazam qatnashadi. 1TV va TOLO tarmogʻi musiqiy telekoʻrsatuvlarida boshlovchilik qilgan, shuningdek, realiti-shoularda chiqish qilgan[3][4].

Bolaligi va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Said 1985-yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida tug‘ilgan[5]. 8 yoshida ota-onasi bilan Afg‘onistonni tark etgan va Pokistonning Peshovar shahrida yashab, qisqa muddat Shveytsariyada, keyin esa Londonda yashadi[6]. 12 yoshida musiqa maktabiga oʻqishga kirdi.

Musiqiy karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidning 2019-yilda sahnaga chiqishi

Saidning 2008-yildagi birinchi singli „MashAllah“ edi. Uning karyerasidagi burilish nuqtasi 2011-yilda "Afgan Pesarak" qoʻshigʻi chiqqanidan keyin sodir boʻldi[7]. Aryana Said Afgʻonistondan tashqaridagi koʻplab afgʻon xonadonlarida mashhur boʻldi va butun dunyo boʻylab koʻplab konsertlarda chiqish qila boshladi[8]. Toʻsatdan, muvaffaqiyatning eng yuqori choʻqqisida Aryana Afgʻonistonga borishga va oʻzining vatanidagi kontsertlarda chiqishga qaror qildi. Aryana Said u yerda eski klassik afgʻon qoʻshigʻi — "Gule Seb" versiyasi bilan shuhrat qozondi. Afgʻonistondagi dastlabki kunlarida u oʻzining navbatdagi qoʻshigʻi "Dilam Tang Ast"ni suratga oldi. Television Awards marosimida Afgʻonistonda suratga olingan eng yaxshi qoʻshiq uchun mukofotga sazovor boʻldi. Bu, shuningdek, Afgʻonistonning yetakchi koʻngilochar kanallaridan birida teleboshlovchi sifatidagi yangi faoliyati boshlanishi bilan yakunlandi[9]. Uning navbatdagi qoʻshigʻi — „Hayranam“ juda yaxshi chiqdi. Aryananing navbatdagi katta muvaffaqiyati — „Jelva“ qoʻshigʻini afg‘on musiqasidagi yetakchi qo‘shiqchilardan biri — Javid Sharif bilan hamkorlikda kuyladi. „Biyo Biyo“ qoʻshigʻining birinchi muvaffaqiyatidan keyin ikkinchi marta juftlashdi. Aryana Said buni oʻz mamlakatida sport sanʼatini ragʻbatlantirish uchun koʻtarinki milliy qoʻshiq bilan davom ettirdi. „Afgʻoniston, Afgʻoniston“ qoʻshigʻini yaratish uchun bir qancha qoʻshiqchilar birlashdilar. Aryananing „Banu e Atash Nasheen“ asari Afgʻoniston ayollari koʻp yillik urush va zoʻravonliklarda duch kelgan azob-uqubatlarni tasvirlaydi[10]. Katta orkestr ijrosida suratga olish Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan. Qoʻshiq chiqqanidan koʻp oʻtmay, Aryana qoʻshiqning krlib chiqishi va maʼnosini tushuntirish uchun BBCga intervyu berdi. Uning navbatdagi katta hiti „Anaram, Anaram“ boʻlib, Aryanani Afgʻonistondagi chartlarning birinchi oʻrniga olib chiqdi[11][12].

2019-yilda u Afg‘onistonning "Icon" mukofotini qo‘lga kiritdi va 2017-yilda Afg‘onistonning "eng yaxshi ayol san'atkori" deb topildi[13]. Afg‘oniston milliy teleradio tarmog‘idan „Afg‘oniston ovozi“ unvonini olgan. „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“, „yilning eng yaxshi videosi“ va „Jasorat“ mukofotlariga sazovor boʻldi[13].

Televizion faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp oʻtmay, Aryana Said Afgʻonistondagi yetakchi koʻngilochar kanallardan biri — 1TV tomonidan qabul qilindi. Uning „Musiqa kechasi“ (Shab-e Mosiqi) shousi musiqa ijrosi va boshqa sanʼatkorlardan intervyu olishini oʻz ichiga olgan. Shou muvaffaqiyatli boʻldi va birinchi mavsumdan soʻng Aryana Londonga qaytib ketdi. Koʻp oʻtmay, Aryana Said TOLO TV tomonidan 2013-yilda „Afgʻoniston Ovozi“ hakamlaridan biri sifatida tasdiqlandi[14]. Televideniye bilan hamkorlikni davom ettirdi va keyinchalik boshqa bir isteʼdod shousi — „Afgʻoniston yulduzi“ hakami boʻldi[15].

Jamiyatdagi faolligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lalah Usmoniy boshchiligidagi #WhereIsMyName kampaniyasi tarafdori boʻlib, Afgʻoniston qonunchiligiga oʻzgartirish kiritishni yoqlagan. Unga koʻra, ayollarning ismlarini shaxsiy guvohnomalarga kiritish mumkin edi[16].

Aryana Said Afgʻonistonga vatanparvarlik va Hindistonga mehr-muhabbat izhor etib, Afgʻoniston uchun „haqiqiy doʻst“ ekanini aytdi[17][18].

Aryana Parij shahrida boʻlib oʻtgan UNESCOning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda prezidentlar va bosh vazirlar ishtirokida Afgʻoniston vakili sifatida chiqish sharafiga muyassar boʻldi[19]. Aryana oʻz chiqishini Afgʻoniston va boshqa mamlakatlarda muhojirlikda yashayotgan insonlarga bagʻishladi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Said 2018-yilda o‘zining menejeri Hasib Said bilan unashtirildi[20].

2021-yil avgust oyida Kobul Tolibon qoʻliga oʻtganidan keyin u Kobuldan Qatarning Doha shahriga evakuatsiya qilindi, soʻngra Turkiyaning Istanbul shahriga joʻnadi[21][22].

2021-yil 25-avgust holatiga ko‘ra, AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi[23].

Uning jiyani — Nadia Nadim Daniya milliy futbol terma jamoasida oʻynaydi[24].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Aryana Awarded Atlantic Council 2018 Freedom Award“. TOLOnews (24-iyun 2018-yil). 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2019-yil.
  2. Orooj Hakimi. „Defying threats, Afghan singer Aryana comes home for women“. Reuters (16-mart 2019-yil). 26-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
  3. Sparks, Hannah. „Afghanistan's biggest female pop star escapes amid Taliban 'shock'“. New York Post.
  4. Welle (www.dw.com). „Why is singer Aryana Sayeed seen as a threat to Afghan conservatism? | DW | 18.08.2017“ (en-GB). DW.COM. 12-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  5. Welle (www.dw.com). „Afghan women urge EU leaders to not recognize Taliban | DW | 02.02.2022“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 29-may 2022-yil.
  6. „Aryana Sayeed“. 26-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktyabr 2021-yil.
  7. Video YouTubeda
  8. „Silk Road Republic | Aryana Sayeed: Wearing Who She is“. 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2014-yil.
  9. „Aryana Sayeed“ (15-may 2013-yil). 4-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  10. „Afghanistan – Aryana Sayeed, la voix de la liberté“. 12-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  11. „Afghan singer Aryana Sayeed tells Newsday about death threats she's received“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  12. „Latest News, Articles, Photos, Images and Videos on range of topics – Firstpost“. 24-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  13. 13,0 13,1 „Sherzaad Entertainment – Afghanistan's Leading Entertainment Entity“. 27-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-mart 2019-yil.
  14. France-Presse. „Afghan female stars defy clerics' pressure“ (16-avgust 2013-yil). 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  15. „Aryana Sayeed“ (15-may 2013-yil). 4-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2016-yil. „Aryana Sayeed“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-09-03).. 15 May 2013.
  16. „WhereIsMyName: Afghan women campaign for the right to reveal their names“ (en-GB). BBC News (24-iyul 2020-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
  17. Goswami. „Afghan pop star Aryana Sayeed says India 'true friend', slams Pakistan“. Hindustan Times (24-avgust 2021-yil).
  18. „Afghan pop star Aryana Sayeed blames Pak for empowering Taliban, terms India 'true friend'“. The Times of India (24-avgust 2021-yil).
  19. „World leaders and renowned artists celebrate UNESCO at 75“. UNESCO (12-noyabr 2021-yil).
  20. „Biography of Aryana Sayeed“. afghan-web.com (8-aprel 2018-yil). 26-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
  21. „Afghan pop star Aryana flees from country amid fear of life under Taliban rule“. wionews.com (19-avgust 2021-yil).
  22. Nzanga, Merdie. „Afghan star Aryana Sayeed recounts harrowing escape from Kabul“ (en). Reuters (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  23. „Afghan pop star Aryana Sayeed says she was 'hopeless' while fleeing Taliban“.
  24. „Nadia Nadim – Dänemarks "Zlatan"“. Der Tagesspiegel Online. tagesspiegel.de (29-iyul 2017-yil). Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.