Arximed aksiomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arximed aksiomasi — beril-gan ikki kesmaning kichigini bir necha marta takrorlab, har doim kattasidan kattaroq kesma hosil qilish mumkin-ligi toʻgʻrisidagi aksioma. Arximed aksiomasi ni yuzalar, hajmlar, sonlar va boshqalarga ham tatbiq qilish mumkin. Mas, har qanday ikki musbat son a va b uchun a>b tengsizlikni qanoatlantiruvchi natural son p doimo topiladi. Bu aksioma Arximed tomo-nidan „Shar va silindr“ asarida aniq-ravshan tavsiflab berilgan. Arximed aksiomasi ni baʼzan Yevdoks aksiomasi deb ham atashadi, chunki uni ilgariroq Yevdoks Knidskiy qoʻllagan. Arximed aksiomasi dan miqdorlarni oʻlchashda, ikki kesmaning umumiy oʻlchovini topish va boshqa masalalarni hal qilishda foydala-niladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil