Arslonquyruq
Jump to navigation
Jump to search
Arslonquyruq (Leonurus L.) – yalpizdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar turkumi. 14 turi ma’lum. O‘rta Osiyoda 4 turi o‘sadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar – oshlovchi va boshqa moddalar bor. 648Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlanti-ruvchi dori sifatida) qo‘llaniladi. Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi tog‘li yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston A. (L. turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |