Araz Naxçıvan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Araz Naxçıvan
Toʻliq nomi ozarbayjoncha: Araz Minifutbol Klubu
Asos solingan 2004-yil
Palace of Hand Games, Baku, Ozarbayjon
Sigʻimi 5,000
Raisi Ozarbayjon Ramin Akhdundov
Direktori Ozarbayjon Shahin Mamedov
Bosh murabbiyi Ozarbayjon Vitaliy Borisov
Liga Ozarbayjon Premyer-ligasi

Araz Naxçıvan — Ozarbayjonning Naxchivan shahrida tashkil etilgan futzal klubi. Klub Ozarbayjon futzali yetakchilaridan biri. 2004-yildan 2014-yilgacha oʻn marta Premier League gʻolibligini qoʻlga kiritgan[1].

Araz Yevropada ham eng kuchli jamoalaridan biri boʻlib, ikki marta Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida yarim finalga yetib borgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Araz Naxçıvan 2004-yilda faoliyati tugatilgan klub oʻrnida tashkil etilgan va oʻsha paytdan beri Ozarbayjon futzalida peshqadamlik qilib kelmoqda[2].

Oʻzining debyut mavsumida (2005) Araz mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoa ichki chempionat bahslarida jami 14 marta gʻalaba qozongan va ikki marta durang qayd etgan. 2006-yilda tarix takrorlangan: 20 ta gʻalabaga erishgan „Araz“ mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. Ushbu mavsumda klub ikki marta magʻlubiyatga uchragan. Bu ikki magʻlubiyat chempionatning soʻnggi uchta oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Ammo bu vaqtga kelib jamoa muddatidan oldin oltin chempionat oltin medali va Ozarbayjon kubogini qoʻlga kiritib boʻlgan edi.

2005-yilda klub Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida debyut qilgan. Dastlabki saralash bosqichining 3 turida 4 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan[2].

Araz 2010-yilda UEFA Futzal kubokida yarim finalga yetib borgan va bu bosqichda Interviú FS klubiga magʻlub boʻlgan[3][4]. Luparense jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, uchinchi oʻrinni egallagan[5]. Klubning futbolchilari va murabbiyi Alesio 2010-yilda Vengriyada boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Yevropa chempionatida milliy terma jamoa ishtirokiga katta hissa qoʻshishgan. Mazkur chempionatda debyutant Ozarbayjon terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan[2].

2014-yilda klub Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasida uchinchi oʻrinni egallab, 2010-yilgi natijasini takrorlagan[6].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[7]

  • 17 karra Ozarbayjon Premyer-ligasi gʻolibi: 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2022, 2023
  • 14 karra Ozarbayjon kubogi sohibi: 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Futzal boʻyicha UEFA chempionlar ligasi:
    • 3-oʻrin (2): 2010, 2014

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil, 20-avgust holatiga koʻra[8]
# Pozitsiya Nom Fuqaroligi
1 Darvozabon Emin Kurdov Ozarbayjon
12 Darvozabon Luka Pavlović Xorvatiya
21 Darvozabon Azer Fermanov Ozarbayjon
3 Himoyachi Tofig Mikayilov Ozarbayjon
20 Himoyachi Amadeu Ozarbayjon
21 Himoyachi Catatau Braziliya
6 Qanot futbolchisi Ninoslav Aleksić Serbiya
7 Qanot futbolchisi Lucas Freitas Braziliya
8 Qanot futbolchisi Felipinho Ozarbayjon
9 Qanot futbolchisi Lazar Milosavljević Serbiya
10 Qanot futbolchisi Isa Atayev Ozarbayjon
11 Qanot futbolchisi Khatai Baghirov Ozarbayjon
14 Qanot futbolchisi Khazar Agalizadeh Ozarbayjon
13 Tayanch yarim himoyachi Novruz Kazikhanov Ozarbayjon
15 Tayanch yarim himoyachi Erick Dannilo Braziliya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Araz aim to outdo Kairat in Baku
  2. 2,0 2,1 2,2 „UEFA Futsal Cup Finals:Araz Naxçivan“. UEFA. Qaraldi: 2010-yil 23-aprel.
  3. „Interviú break Araz resistance“. UEFA (2010-yil 23-aprel). Qaraldi: 2010-yil 23-aprel.
  4. „El Benfica doblega a la Luparense y accede a 'su' final“ (es). Diario Marca (2010-yil 23-aprel). 2010-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-aprel.
  5. Araz clinch third place on penalties
  6. Hart. „Araz fightback floors Kairat and secures bronze“. UEFA. Qaraldi: 2014-yil 26-aprel.
  7. „Azerbaijan“. Futsal Planet. 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-sentyabr.
  8. „Araz-Naxçıvan“ (az). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.