Araz Abdullayev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Araz Abdulla oğlu Abdullayev[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-aprel 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Boku, Ozarbayjon | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sumgayit | ||
Raqami | 78 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Neftchi Baku | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2011 | Neftchi Baku | 33 | (2) |
2011—2012 | Everton | 0 | (0) |
2011 | → Neftchi Baku (ijara) | 8 | (3) |
2012 | → Panionios (ijara) | 8 | (0) |
2012—2016 | Neftchi Baku | 123 | (23) |
2017—2018 | Gabala | 9 | (0) |
2017—2018 | → Anorthosis (ijara) | 30 | (3) |
2018—2020 | Panionios | 0 | (0) |
2018—2020 | → Qarabağ (ijara) | 29 | (3) |
2020—2021 | Boluspor | 24 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2008 | Ozarbayjon U17 | 9 | (2) |
2008—2009 | Ozarbayjon U19 | 8 | (2) |
2008—2013 | Ozarbayjon U21 | 8 | (3) |
2008- | Ozarbayjon | 40 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 16-yanvar uchun) |
Araz Abdulla oğlu Abdullayev (1992-yil 18-aprelda tugʻilgan) – ozarbayjonlik futbolchi, Ozarbayjonning „Sumgayit“ klubi va Ozarbayjon terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bokuda tugʻilgan Abdullayev 2007-yilning yanvaridan 2008-yilning dekabrigacha Bokuning „Neftchi“ yoshlar jamoasida oʻynagan. U 2008-yil 5-oktyabrda „Neftchi“ safida ilk oʻyinini oʻtkazadi[2]. 2011-yilning noyabr oyida Bokuning „Neftchi“ jamoasi oʻzining 1000-golini nishonlaydi va bu golni Araz Abdullayev kiritadi[3].
Everton
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angliya Premer ligasining „Everton“ jamoasi 2010-yil 4-iyul kuni futbolchi bilan kelishuvga erishadi. Bu shartnomaga koʻra, agar Abdullayev ishlashga ruxsat olsa, keyingi ikki yil ichida u bilan shartnoma imzolash imkoniyati berilar edi[4]. 21-sentyabrda u 2011-yilning yanvarida transfer oynasi ochilganda yana ikki mavsumni oʻtkazish imkoniyati bilan dastlabki uch yillik shartnoma imzolashi eʼlon qilinadi[5]. 2011-yilning 7-yanvarida „Everton“ Abdullayev bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Garchi shartnoma muddati oshkor etilmagan boʻlsa-da, unga ishlash uchun ruxsatnoma berilgani va unga Ozarbayjon Premer-ligasi yakuniga qadar „Neftchi“da oʻynashga ruxsat berilgani aniq edi[6][7][8]. U 2011—2012-yilgi Premer-liga oʻyinlari uchun Evertonga qoʻshildi va 2011-yilgi Lev Yashin kubogida „Everton Reserves“da „Frayburg“ga qarshi mavsumdagi birinchi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi[9].
Panionios ijarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]201-yilning 27-dekabrida Abdullayev „Panionios“ jamoasiga mavsumiy ijara asosida oʻtadi[10]. U 2011-yilning 30-dekabrida "Koropi "ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻyinning 61daqiqasida maydonda harakat qilib, oʻzining jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi[11]. Abdullayev 2012-yilning 3-yanvarida „Panionios“ safida „Asteras Tripoli“ga qarshi oʻyinda Gretsiya Superligasidagi birinchi oʻyinida maydonga tushadi[12].
Neftchi safiga qaytishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdullayev 2012-yilning yozida Bokuning „Neftchi“ klubiga qaytadi va tez orada asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. 2012—13-yilgi mavsumda u oʻz jamoasiga UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Ozarbayjon jamoasi boʻlishiga yordam beradi. „Neftchi“ „Internazionale“, „Rubin“ va „Partizan“ kabi jamoalar bilan birga „H“ guruhidan joy oladi. Araz UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida beshta oʻyinda maydonga tushadi. Jumladan, 2012-yilning 20-sentyabrida Abdullayev UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichining „Partizan“ga qarshi oʻyinida 78-daqiqada Flavinyo oʻrniga maydonga tushiriladi[13]. Oʻsha mavsumda Bakuning „Neftchi“ jamoasi ham Ozarbayjon Premer-ligasida, ham Ozarbayjon kubogida gʻolib chiqadi. Abdullayev 2013—2014 -yilgi mavsumda „Neftchi“ bilan yana bir bor mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 2014—2015 va 2015—2016-yillarda esa final oʻyinida „Qarabağ“ga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan. „Neftchi“da oʻtkazgan 4,5 yil davomida Araz Abdullayev barcha turnirlarda jami 173 ta oʻyin oʻtkazib, 25 ta gol urgan.
Araz Yevropadagi ilk golini 2014-2015-yilgi UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi saralash bosqichida sloveniyalik Koper darvozasiga kiritadi[14]. U klubning Yevropadagi oʻyinlarining 25 tasida maydonga tushib, 3 ta gol uradi.
Gabala
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 31-dekabrida Abdullayev „Gabala“ bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[15]. Abdullayev „Gabala“ safida Ozarbayjon Premer-ligasidagi birinchi oʻyinini 2017-yilning 28-fevralida „Kapaz“ga qarshi safar uchrashuvida oʻtkazadi[16].
Anortosis ijarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 12-avgust kuni „Anorthosis“ Abdullayev bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qiladi[17]. 2017-yilning 20-avgustida Abdullayev Kipr birinchi divizionida „Anorthosis“ safida, „Nea Salamis“ga qarshi safar oʻyinida debyut qiladi[18]. U „Anorthosis“ safidagi ilk golini 2017-yilning 25-noyabrida Kipr birinchi divizioni doirasidagi AEL Limassolga qarshi oʻyinda kiritadi[19].
Panionios
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 7-iyulida Abdullayev Superliga vakili Panionios bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[20].
Qarabağ ijarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 31-avgust kuni „Qarabağ“ Abdullayev bilan ikki yillik ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qildi[21].
Boluspor
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning 15-sentyabr kuni Abdullayev Turkiyaning „Boluspor“ jamoasi bilan 1+1 yillik shartnoma imzolaydi[22].
Sumgayit
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning 15-yanvarida Abdullayev „Sumgayit“ bilan 2021/ 22-yilgi mavsum oxirigacha, qoʻshimcha ikki yil muddatga shartnoma imzoladi[23].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar miqyosida bir qator ajoyib oʻyinlardan soʻng Abdullayev 2008-yilning 11-oktyabrida Finlandiyaga qarshi JCh-2010 saralashi doirasidagi oʻyin uchun Ozarbayjon terma jamoasiga chaqirildi va bu uni Ozarbayjon terma jamoasi tarixidagi eng yosh terma jamoa futbolchisiga aylantirdi. Bu vaqtda Abdullayev 16 yosh 4 oylik edi[24].
2017-yilning 9-martida u Ozarbayjon milliy terma jamoasi safidagi birinchi xalqaro golini Jassim Bin Hamad stadionida Qatarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritadi[25].
Faoliyati statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Neftchi Baku | 2008—2009 | Azerbaijan Premier League | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 1 | |
2009—2010 | 10 | 0 | 1 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||||
2010—2011 | 18 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 20 | 1 | |||
2011—2012 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 8 | 3 | |||
Jami | 41 | 5 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 44 | 5 | ||
Panionios (ijara) | 2011—2012 | Superleague Greece | 8 | 0 | 1 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
Neftchi Baku | 2012—2013 | Azerbaijan Premier League | 27 | 4 | 6 | 1 | 11 | 0 | — | 44 | 5 | |
2013—2014 | 29 | 6 | 5 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 37 | 8 | ||
2014—2015 | 30 | 4 | 6 | 0 | 6 | 1 | — | 42 | 5 | |||
2015—2016 | 26 | 6 | 6 | 1 | 2 | 2 | — | 34 | 9 | |||
2016—2017 | 11 | 3 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 17 | 3 | |||
Jami | 123 | 23 | 25 | 4 | 25 | 3 | — | — | 173 | 30 | ||
Gabala | 2016—2017 | Azerbaijan Premier League | 9 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
2017—2018 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |||
Jami | 9 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 11 | 0 | ||
Anorthosis (ijara) | 2017—2018 | Cypriot First Division | 30 | 3 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 33 | 3 | |
Faoliyatida jami | 211 | 28 | 34 | 4 | 25 | 3 | 1 | 0 | 269 | 35 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
2008 | 2 | 0 |
2009 | 0 | 0 |
2010 | 1 | 0 |
2011 | 0 | 0 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 5 | 0 |
2014 | 6 | 0 |
2015 | 2 | 0 |
2016 | 4 | 0 |
2017 | 3 | 2 |
2018 | 8 | 1 |
2019 | 7 | 0 |
2020 | 2 | 0 |
Jami | 40 | 3 |
Xalqaro gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻq | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2017-yil 9-mart | Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar | Qatar | 2 – 1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2017-yil 4-sentyabr | Bakcell Arena, Boku, Ozarbayjon | San Marino | 2 – 0 | 5-1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
3. | 2018-yil 14-oktyabr | Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon | Malta | 1 – 1 | 1-1 | 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi D |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftchi Baku
- Ozarbayjon Premer-ligasi : 2010—2011, 2012—2013
- Ozarbayjon kubogi : 2012—2013, 2013—2014
Qarabağ
- Ozarbayjon Premer-ligasi : 2018—2019, 2019—2020
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Araz Abdullayev, international footballer“.
- ↑ „Araz Abdullayev: "Başqa klublardan da təklif almışam"“ (az). FANAT.AZ (2010-yil 10-fevral). Qaraldi: 2010-yil 5-iyul.
- ↑ „2011-ci ilin sirrini APASPORT açdı – EKSKLÜZİV – STATİSTİKA“ (az). APASPORT.az. 2012-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „Everton agree deal for Azerbaijan teenager“. BBC Sport (2010-yil 4-iyul). 2010-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-iyul.
- ↑ „Everton agree deal to sign Neftchi Baku starlet Araz Abdullayev“. goal.com. 2010-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Араз Абдуллаев – игрок Эвертона, но сезон проведет в Нефтчи“. Azerisport.com. Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
- ↑ „Araz Abdullayevin "Everton"a gedəcəyi gün dəqiqləşdi“. Apasport.az. 2011-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
- ↑ „David Moyes targets Azerbaijani wonderkid Araz Abdullayev for Everton FC“ (2011-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
- ↑ @Everton. „#everton v Freiberg: Davies, Browning, Mustafi, Duffy, Bidwell, Forshaw, Abdullayev, Lundstram, Baxter, Vellios, Silva.“.
- ↑ „Араз Абдуллаев перешел в Паниониос“. Azerisport.com (2011-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2011—2012-31.
- ↑ „Araz Abdullayev's debut in Panionios FC“. Today.az (2011-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2011—2012-31.
- ↑ „PANIONIOS VS. ASTERAS TRIPOLIS 2 – 0“. Soccerway (2012-yil 3-yanvar).
- ↑ 2012—2013 UEFA Europa League group stage matches, UEFA.com
- ↑ 2014—2015 UEFA Europa League, Second qualifying round matches, UEFA.com
- ↑ „Gabala signed Araz Abdullayev from national senior team“. gabalafc.az. Gabala FC (2016-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 31-dekabr.
- ↑ „KAPAZ VS. QABALA 1 – 1“. Soccerway (2017-yil 28-fevral).
- ↑ „Σύναψη συνεργασίας με Αράζ Αμπτουλάγιεφ“ (el). anorthosisfc.com. Anorthosis Famagusta FC (2017-yil 12-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ „NEA SALAMIS VS. ANORTHOSIS 1 – 1“. Soccerway (2017-yil 20-avgust).
- ↑ „ANORTHOSIS VS. AEL 1 – 1“. Soccerway (2017-yil 25-noyabr).
- ↑ „Araz bu gün "Panionios"la müqavilə bağlayacaq“. korner.az (2017-yil 6-iyul).
- ↑ „ARAZ ABDULLAYEV "QARABAĞ"IMIZDA !“ (az). qarabagh.com. Qarabağ FK (2018-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 31-avgust.
- ↑ „Araz Abdullayev ile 1+1 yıllık anlaşma sağlandı“ (tr). qarabagh.com. Qarabağ FK (2020-yil 15-sentyabr). 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
- ↑ „“Sumqayıt” FK Araz Abdullayevi heyətinə cəlb edib“ (Azerbaijani). sfc.az/. Sumgayit FK (2022-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Araz Abdullayev yığmada yeni rekord müəyyənləşdiribа“ (az). FANAT.AZ (2008-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 18-fevral.
- ↑ „QATAR VS. AZERBAIJAN 1 – 2“. Soccerway (2017-yil 9-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Araz Abdullayev haqida turkum mavjud |
- Araz Abdullayev – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Araz Abdullayev – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Araz Abdullayev National-Football-Teams.com saytida
- Araz Abdullayev Soccerway saytida
- 18-aprelda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Bokuda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ozarbayjonlik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Neftçi Boku klubi futbolchilari
- Everton F.C. futbolchilari
- Gabala SC futbolchilari
- Panionios F.C. futbolchilari
- Anorthosis Famagusta FC futbolchilari
- Qarabağ FK futbolchilari
- Boluspor futbolchilari
- Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari
- Gretsiya Superligasi futbolchilari
- TFF Birinchi Liga futbolchilari