Aram Andonian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aram Andonian
Արամ Անտոնեան
Tavalludi 1875-yil
Vafoti 23-dekabr 1951-yil
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi va Fransiya
Kasbi Tarixchi, muharrir, yozuvchi, jamoat arbobi

Aram Andonian (armancha: Արամ Անտոնեան; 1875 – 1951-yil 23-dekabr) – arman jurnalisti, tarixchisi va yozuvchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andonian Konstantinopolda tugʻilgan, etnik arman boʻlgan. U yerda armanlarning „Luys“ (Nur) va „Dzaghik“ (Gul) jurnallariga va „Surhandak“ (Harld) gazetalariga muharrirlik qilgan. Keyin Andonyan Usmonli imperiyasining harbiy senzura boʻlimida xizmat qildi[1]. 1915-yil 24-aprel arafasida Usmonli imperiyasining ichki ishlar vaziri Talʼat poshoning buyrugʻi bilan hibsga olindi va Usmonlilar poytaxtidan surgun qilingan koʻp sonli arman zodagonlari safiga qoʻshildi. Andonyan Chankiriga surgun qilindi, soʻngra yarim yoʻlda Anqaraga qaytib keldi. Va yana Ras al-'Ayn va Meskene lagerlariga surgun qilindi[2]. Biroq, Andonian Halabda yer ostida omon qoldi[3]. Britaniya kuchlari Halabmi egallab olganida, turkiyalik quyi mansabdor mulozim, Naim Bey oʻz xotiralarini, armanlarning deportatsiyasi haqidagi hikoyasini nashr etishda Aram Andonyan bilan hamkorlik qilgan[4]. „The Memoirs of Naim Bey“ (tarjimasi „Naim Beyning xotiralari“) 1920-yilda nashr etilgan boʻlib, baʼzan „Andonia telegrammalari“ yoki „Talʼat posho telegrammalari“ deb ham yuritiladi. Telegrammalar 1915—1917-yillardagi arman genotsidi Usmonli imperiyasining davlat siyosati boʻlganiga toʻgʻridan-toʻgʻri dalil boʻlishi koʻrsatilgan. Ular Sogʻomon Tehlirian sudida dalil sifatida taqdim etilgan[5].

Robert Melsonga koʻra, Andonianning 1915-yildan keyingi deportatsiya va armanlarning oʻldirilishi haqidagi hisoboti oʻsha davr tadqiqoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega[6].

1928-yildan 1951-yilgacha Andonian Parijdagi Nubarian kutubxonasiga rahbarlik qildi va Parijni nemislar bosib olganida kolleksiyaning katta qismini yashirishga va saqlashga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, genotsid guvohlarining guvohliklarini toʻplash bilan shugʻullangan[7].

U asli arman tilida nashr etilgan „Complete Illustrated History of the Balkan War“ (tarjimasi „Bolqon urushining toʻliq tasvirlangan tarixi“) (1–5-jildlar, 1912–1913) kitobining muallifi.

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Շիրվանզադէ“ (Aleksandr Shirvonzodaning tarjimai holi), Konstantinopol, 1911 yil.
  • „Պատկերազարդ ընդարձակ պատմութիւն Պալքանեան պատերազմին“ (Bolqon urushining toʻliq tasvirlangan tarixi) 5 vols. Konstantinopol, 1912—1913
  • „Այն սեւ օրերուն“ (Oʻsha qorongʻu kunlarda), Boston, 1919.
  • „Մեծ Ոճիրը“ (Buyuk jinoyat), Boston, 1921.
  • The Memoirs of Naim Bey, London 1920.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A Crime of Silence: The Armenian Genocide, by Permanent Peoples' Tribunal, Gerard J. Libaridian, 1985, p. 123.
  2. The Armenian Genocide: Cultural and Ethical Legacies, by Richard G. Hovannisian, Transaction Publishers, 2007, p. 55.
  3. At the crossroads of Der Zor, by Hilmar Kaiser, Nancy Eskijian, Luther Eskijian – 2002 – p. 93
  4. The Lions of Marash, by Stanley Elphinstone Kerr – 1973, p. 15
  5. Dadrian, Vahakn. "The Naim-Andonian Documents on the World War I Destruction of Ottoman Armenians: The Anatomy of a Genocide, " International Journal of Middle East Studies, 18 (1986), pp. 311-360.
  6. Revolution and Genocide: On the Origins of the Armenian Genocide and the Holocaust, By Robert Melson, Contributor Leo Kuper, University of Chicago Press, 1996, ISBN 0-226-51991-0, p. 147
  7. Cheterian, Vicken. Open Wounds: Armenians, Turks and a Century of Genocide (en). Hurst, 2015 — 120 bet. ISBN 978-1-84904-458-5. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]