Aleksandr Shirvonzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Armenia, 2008-05.jpg

Aleksandr Minasovich Shirvonzoda (taxallusi; asl familiyasi — Movsisyan), (1858.7(19).4, Ozarbayjon, Shemaxa shahri — 1935.7.8, Kislovodsk; Yerevanda dafn etilgan] — arman yozuvchisi. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya xalq yozuvchisi (1930). Rus uyezd bilim yurtini tugatgan (1873). 1883 yilgacha Bokuda yashab, turli kasblarda ishlagan, ocherk va maqolalar yozgan. 1893 yildan Tbilisida yashagan. "Ardzagank" ("Akssado", 1886—91) haftalik gaz.da ishlagan. Parijda (1905—10), Tbilisida (1910—19) yashagan, soʻngra yana xorijga ketgan (1919—26), 1926 yil Armanistonga kelib, ijodiy ishini davom ettirgan.

"Nomus" (1885) romani va "Xusumat" qissasi (1897)da ozarbayjon xalqi hayoti, ibtidoiy urf-odatlar va yangicha qarashlar oʻrtasidagi ixtilof, inson ruhiyatidagi kechinmalar chuqur tasvirlangan. "Algʻovdalgʻov" romani (1898)da sanoatlashgan dunyo tartibsizliklarini yoritgan. "Artist" qissasi (1903)da iqtidorli mashshoq Levonning fojialarga toʻla hayoti hikoya qilinsa, "Nomus uchun" dramasi (1926)da boybadavlat Elizbaryanning bokira va sofdil qizi Margaritning pokiza tuygʻulari, otashin muhabbati kuylanadi.

Shirvonzodaning nasri va dramaturgiyasi arman adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi. Inson ruhiy olamining tubtubigacha kirib borish, taʼsirchanlik, ohangdorlik tamoyillari yozuvchi asarlarining yashovchanligini taʼminladi. Umrining soʻnggi yillarini Armanistonda oʻtkazgan 111. qator hikoya va ocherklarni eʼlon qildi, shuningdek, "Morganning choʻqintirilishi" (1926) siyosiy ruhdagi komediyasi, "Soʻnggi favvora" (1934) kinossenariysini yozdi, 2 j.li "Hayot tajribalaridan" memuar romani ustida ishladi.

Manbalar[tahrir]

  • Izbrannme soch., t. 1—3, M., 1957; Alina (qissa), T., 1963; Xusumat (roman), T., 1974; Xaos, Yerevan, 1975.

Adabiyot[tahrir]

  • Tamrazyan G.S., Shirvanzade, M., 1967.