Aragon (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aragóndan yoʻnaltirildi)
Avtonom Jamoat
Aragon
Aragon in Spain (plus Canarias).svg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Maydoni 47,719 km²
Rasmiy tili Ispancha
Aholisi 1,308,563 nafar (2016)
Zichlik 27 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2

Aragon — Ispaniyaning shimolisharqidagi tarixiy viloyat. 9-asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035 yildan Aragon qirollik, 1137 yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164 yil Barselona graflari Aragon qirollari bo‘lganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qo‘shib olganlar. 13 — 15-asrlarda A. qo‘shinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479 yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydi-gan viloyat.Tog‘larida qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. tog‘ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qo‘ng‘ir kumir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markaz-lari bor. Qo‘ng‘ir kumir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-o‘rinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birgalikda metallsozlik va kimyo sanoati korxona-lari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tok-zorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yo‘llarining yirik tuguni. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza bo‘linadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil