Antonio Milić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antonio Milić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-mart 1994-yil (1994-03-10) (30 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lech Poznań
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2011 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Hajduk Split 58 (7)
2015—2018 Oostende 105 (9)
2018—2020 Anderlecht 21 (0)
2019—2020Rayo Vallecano (Ijara) 18 (0)
2020- Lech Poznań 35 (4)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Xorvatiya U16 8 (1)
2010—2011 Xorvatiya U17 11 (1)
2013 Xorvatiya U19 1 (0)
2014—2015 Xorvatiya U21 18 (3)
2018 Xorvatiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may 2022-yil uchun)

Antonio Milić (talaffuzi: Antonio Milich[1]) (1994-yil 10-martda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Polshaning Lech Poznan klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajduk Split[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Hajduk Split" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Antonio birinchi ligadagi oʻyinini 2011-yil 26-noyabrda „Sibenik“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha mavsumda u ligada faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan. Bosh murabbiy Balakov „Hajduk“ni tark etgan. Shundan soʻng Antonio asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagan.

2012-13 Prva HNLda u asosiy jamoada muntazam ravishda maydonga tushgan. Jamoa murabbiyi Misho Krstichevich Milićni asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylantirgan, koʻpincha yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U 2012/13-yilgi UEFA Yevropa ligasida „Inter“ni „ San-Siro“da 2:0 hisobida magʻlub etishda muhim rol oʻynagan. Milić Prva HNLda oʻynab ajoyib oʻyinlar koʻrsatgan. Antonio Milić va Josip Radoshević birgalikda Prva HNLda eng yaxshi himoya juftligini vujudga keltirishgan. Qishki tayyorgarlik chogʻida Milić jarohat olibdeyarli ikki oyga safdan chiqqan va Poljudda Slaven Belupoga qarshi safar oʻyinida maydonga tushib hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qilgan. Bu gol Milićning jamoasiga 2012/2013-yilgi Xorvatiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 2013-yilning may oyida Antonio „Hajduk“ bilan yangi shartnoma imzolagan va u 2015-yilgacha klubda qolaishi kelishib olingan. 2013-yilning may oyida Milić jamoasi bilan Xorvatiya kubogini qoʻlga kiritgan.

Yangi bosh murabbiy Igor Tudor qoʻl ostida Antonioning jamoadagi ampulasi oʻzgargan maydonga kam tusha boshlagan. U barcha musobaqalarda 22 oʻyin oʻtkazgan.

Oostende[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 20-dekabrida Milić Belgiyaning KV Oostende klubiga 500 ming yevro evaziga oʻtishi maʼlum boʻlgan.

Anderlecht[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ostendedagi ajoyib uch yillik mavsumidan soʻng, Milić 2018-yil yanvar oyi oxirida „Anderlecht“ga qoʻshilishga kelishib olingan, biroq tarnsfer oynasi yopilib qolganligi tufayli ular bilan rasmiy shartnoma imzolay olmagan. 2018-yil 22-may kuni Milić jamoadoshi Knowledge Musona bilan birga Anderlecht jamosiga koʻchib oʻtgani va jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.

Rayo Vallecano (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 30-avgustida Milić Ispaniya Segunda divizionining „Rayo Vallecano“ jamoasiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[2].

Lech Poznan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 10-yanvarda Milić „Anderlecht“dan Polshaning „Lech Poznan“ jamoasiga oʻtgan[3].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milić Xorvatiya terma jamoasiga birinchi marta 2017-yil oktyabr oyida Ukrainaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida chaqirilgan[4].

2018-yilning avgust oyida u Xorvatiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi tarkibida Ispaniya va Angliyaga qarshi oʻyinlar uchun chaqirilgan. 2018-yil 6-sentyabrda Milić Xorvatiya terma jamoasi safida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hajduk Split 2011—2012 Prva HNL 2 0 2 0
2012—2013 Prva HNL 26 3 0 0 2 0 28 3
2013—2014 Prva HNL 18 2 2 0 2 0 22 2
2014—2015 Prva HNL 11 2 1 0 5 0 17 2
Total 57 7 3 0 9 0 69 7
Oestende 2014—2015 Pro Liga 5 1 5 1
2015—2016 Pro Liga 33 2 1 0 34 2
2016—2017 Birinchi A Divizion 31 5 4 0 33 5
2017—2018 Birinchi A Divizion 35 1 3 0 2 0 40 1
Jami 104 9 9 0 2 0 115 9
Anderlecht 2018—2019 Birinchi A Divizion 21 0 0 0 4 0 25 0
2020—2021 Birinchi A Divizion
Jami 21 0 0 0 4 0 25 0
Rayo Vallecano (Ijara) 2019—2020 Segunda Divizión 18 0 2 0 20 0
Lech Poznań 2020—2021 Ekstraklasa 9 0 2 0 11 0
2021—2022 Ekstraklasa 26 4 2 0 28 4
2022—2023 Ekstraklasa 0 0 0 0 2 0 1 0 3 0
Jami 35 4 4 0 2 0 1 0 42 4
Karyerada jami 236 20 17 0 17 0 1 0 271 20

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 2018 3 0
Jami 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajduk Split

  • Xorvatiya U-19 chempionati : 2012-yil
  • Xorvatiya kubogi : 2012/2013

Lech Poznan

  • Ekstraklasa : 2021/2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „mȉo“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Mìlić“. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  2. „Antonio Milic nuevo jugador del Rayo Vallecano“ (ispancha). Rayo Vallecano (30-avgust 2019-yil). Qaraldi: 31-avgust 2019-yil.
  3. Mastromonaco. „Official: Antonio Milic Arrives At Lech Poznan“. Wallfoot (10-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
  4. „Ukraine 0-2 Croatia“. BBC (9-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.