Antiox Kantemir
Qiyofa

Antiox Dmitriyevich Kantemir (1708-yil 10-sentyabr, Konstantinopol – 1744-yil 31-mart, Parij) – rus shoiri va diplomati. XVIII asr rus klassitsizmi va yangi hajviy sheʼriyatining asoschilaridan biri. Peterburgda taʼlim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 1738—1744 yillarda Fransiyada elchi boʻlib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 – 31 yillardagi hajviy sheʼrlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar („Petrida“), falsafiy va estetik traktatlar („Tabiat va inson haqida“, 1742 va boshqalar) yozgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |