Anqo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anqo — afsonaviy qush. Qadimgi Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar koʻziga koʻrinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va boshqa dan deb ta’riflanadi. Xalq orasida Anqo baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, oʻsha baxtli boʻladi, degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi „anqoning urugʻi“ degan ibora shundan olingan. Rivoyat, ertak va choʻpchaklarda Anqo Semurgʻga, Humoga ham oʻxshatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil