Kontent qismiga oʻtish

Anor (naqsh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anor, anorgul — anor koʻrinishidagi islimiy naqsh turi; kulollik, naqqoshlik, kashtachilikda keng qoʻllanadi. Anor tasviri qadimdan toʻqchilik va toʻkin-sochinlikni ifodalagan. Anor gohida aynan oʻzi, gohida uslublashtirib ifodalanadi. Baʼzan uning kesimi va ichidagi donalari ham tasvirlanadi. Bunda idishning shakliga mos tushgan yorqin boʻyoqli naqsh nafis koʻrinadi, nur taʼsirida sir tovlanib, 535 jonli manzara hosil boʻladi. Har bir bezakning shakli va qayerda ishlatilishi ustalarning noziq didiga bogʻliq. Anor tasviri xalq amaliy sanʼatining boshqa turlarida ham qoʻllanadi. Jumladan anor naqsh sifatida oʻzbek milliy toʻqimachiligida 19-asrning 2-yarmida keng tarqaldi. Masalan, dasturxon va shu kabu buyumlar guli anorsimon gul shaklida boʻyalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil