Anna Wintour
| Anna Wintour | |
|---|---|
|
Wintour 2024-yilda | |
| Tavalludi |
3-noyabr 1949 -yil |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi |
|
| Faoliyat yillari | 1975–hozirgacha |
| Unvoni |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 2 |
| Otasi | Charles Wintour |
| Onasi | Eleanor Trego Baker |
| Imzosi | |
|
| |
Dame Anna Wintour (1949-yil 3-noyabrda tugʻilgan[1]) – britan va amerikalik media-menejer, 1988-yildan 2025-yilgacha Vogue jurnalining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2020-yildan beri Condé Nast kompaniyasining global kontent boʻyicha bosh direktori lavozimida ishlaydi va kompaniyaning butun dunyodagi nashrlarini boshqaradi, shu bilan birga badiiy direktor vazifasini ham bajaradi. Vogue jurnalining global tahririyat direktori[2]. Oʻziga xos uslubidagi soch turmagi va qora koʻzoynaklari bilan nashriyotchilik sohasida eng qudratli ayol sifatida tan olinadi va moda olamida muhim shaxsga aylangan. 1990-yillardan beri Manhattandagi yuqori darajadagi yillik moda marosimi Met Gala xalqaro moda namoyishining bosh raisi sifatida faoliyat olib boradi. Yangi moda tendensiyalarini ilgʻab olish mahorati uchun maqovlarga sazovor boʻlib keladi, biroq oʻzining sovuqqon va talabchan shaxsiyati bilan tanqid ham qilinadi.
Otasi Charles Wintour 1959-yildan 1976-yilgacha Londondagi Evening Standard gazetasining bosh muharriri boʻlib ishlagan va gazetaning oʻsha davr yoshlari uchun qanchalik dolzarb boʻlishi haqida qizi bilan maslahatlashib turgan. Anna oʻsmirlik chogʻidayoq modaga qiziqa boshlagan va uning moda jurnalistikasi sohasidagi faoliyati 2 britan jurnali orqali boshlangan. Keyinchalik u AQShga koʻchib oʻtdi va New York hamda House & Garden jurnallarida ishladi. Soʻng Londonga qaytib, 1985–1987-yillarda British Vogue jurnalining bosh muharririga aylandi. Oradan bir yil oʻtib, Nyu-Yorkdagi Vogue nashrining boshqaruv ishlarini oʻz qoʻliga oldi va koʻpchilik turgʻun holatda deb bilgan jurnalni qayta jonlantirdi. Uning jurnalni moda sanoatini shakllantirish vositasi sifatida ishlatishi doimo munozaralarga sabab boʻlgan. Hayvon huquqlari himoyachilari uni moʻynani targʻib qilgani uchun tanqid qilgan boʻlsa, boshqa tanqidchilar esa uni ayollik va goʻzallikning erishib boʻlmas tasvirini ilgari surayotganlikda ayblashgan.
Uning sobiq shaxsiy yordamchisi Lauren Weisberger 2003-yilda The Devil Wears Prada nomli bestseller roman à clefni yozdi, keyinchalik bu asar asosida 2006-yilda muvaffaqiyatli film ham suratga olindi, unda Meryl Streep bosh rolni ijro etgan. Filmda Miranda Priestly obrazi Anna Wintourga asoslab ishlangan deb hisoblaniladi. 2009-yilda esa R. J. Cutlerning The September Issue hujjatli filmi chiqarilib, unda dastlab Wintourning Voguedagi muharrirligi asosiy eʼtibor markazida edi, biroq suratga olish jarayonida filmning diqqat markazi, asosan, ijodiy jamoalar va yuqori lavozimli moda muharrirlariga qaratildi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anna Wintour“ (en). Vogue. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
- ↑ Lee, Edmund. „Condé Nast Puts Anna Wintour in Charge of Magazines Worldwide“ (en-US). The New York Times (2020-yil 15-dekabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
- ↑ „'The September Issue' turns sharp focus to inner workings of Vogue“ (en-US). The Seattle Times (2009-yil 1-oktyabr). 2022-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Anna Wintourga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Vikiomborda Anna Wintour haqida turkum mavjud |
