Anna Vesterlund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Vesterlund
2009-yil Anna Vesterlund
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anna Ǻsa Olivia Vesterlund[1]
Tavallud sanasi 9-aprel 1989-yil (1989-04-09) (35 yosh)
Tavallud joyi Pargas, Finlandiya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Åland United
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Pargas IF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 SC Raisio
2006-2009 FC Honka
2010-2011 Umeå IK 43 (6)
2012-2013 Piteå IF 40 (2)
2014-2018 LSK Kvinner FK 21 (3)
2019- Åland United 49 (4)
Milliy terma jamoa
2008- Finlandiya 137 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 10-fevral uchun)

Anna Ǻsa Olivia Vesterlund (1989-yil 9-ap relda tugʻilgan) — finiyalik futbolchi, „Åland United“ jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Finlandiyaning Naisten Liigasining „Honka“ jamoasida va Umeå IK jamoalarida oʻynagan[2]. Anna Vesterlund Umeå IK jamoasi tarkibida ligadagi barcha 22 oʻyinda 90 daqiqa oʻynaganiga qaramay, 2011-yilgi mavsum oxirida uning klub bilan shartnomasi uzaytirilmaydi[3]. Keyingi mavsumda u Piteå IF jamoasi bilan shartnoma imzolab, Shvetsiyada qoladi[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vesterlund 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasining tarkibida toʻp surgan. Uning Finlandiya ayollar terma jamoasidagi birinchi oʻyini 2008-yil yanvar oyida Xitoyga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan[5].

Finlandiya mezbonlik qilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 ga kelib, Vesterlund terma jamoadagi oʻrnini ancha mustahkamlab qoʻyishga ulgurgan edi. U uchta oʻyinda ishtirok etadi, shu jumladan chorak finalda Angliyaga qarshi oʻyinda ham maydonga tushadi va uning jamoasi ushbu uchrashuvda magʻlubiyatga uchraydi[6].

2013-yilning iyun oyida Vesterlund milliy murabbiy Andre Jeglerts tomonidan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Finlandiya terma jamoasi tarkibiga kiritiladi[7]. Odatda terma jamoadan tashqari klublari safida himoyaviy yarim himoyachi sifatida oʻynagan Vesterlund Finlandiya ayollar terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynashga majbur boʻladi[8]. Finlandiyaning Italiyaga qarshi kechgan birinchi oʻyinida Vesterlund boshidan jarohat oladi va bu jarohatiga choklar qoʻyiladi[9]. Ushbu uchrashuv 0:0 durang natija bilan yakunlanadi va bundan keyingi uchrashuvlarda Vesterlund jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 202-yil 11-mart GSZ stadioni, Larnaka, Kipr Slovakiya 3 — 1 4-2 Kipr ayollar kubogi-2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2009 UEFA EUROPEAN WOMEN'S CHAMPIONSHIP MATCH PRESS KIT“. UEFA. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
  2. Anna Westerlund till Umeå IK[sayt ishlamaydi] YLE
  3. „Umeå IK förlänger inte med Anna Westerlund“. ÅU Notis. abounderrattelser (2011-yil 7-oktyabr). 2014-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
  4. Piteå lure two top players from Umeå Wsoccernews.com
  5. „Anna Westerlund“. Uefa.com. UEFA. 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  6. „Anna Westerlund“ (Finnish). Football Association of Finland. 2014-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  7. „Jeglertz turns to youth for Finland“. Uefa.com. UEFA (2013-yil 28-iyun). Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  8. Nilsson. „Westerlund: "Hade klarat några stygn till"“ (Swedish). Swedish Football Association (2013-yil 12-iyul). 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  9. Ahlberg. „Anna syddes i premiären“ (Swedish). Piteå-Tidningen (2013-yil 10-iyul). 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.