Andy Rubin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andy Rubin

Rubin 2008-yil Yaponiyada Google dasturchilari kunida
Tavalludi 13-mart 1963-yil (1963-03-13) (61 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Utika kolleji
Kasbi Redpoint Ventures hamkori
Turmush oʻrtogʻi Rie Hirabaru Rubin (ajrashgan)

Andrew E. Rubin (1963-yil 13-martda tugʻilgan) — amerikalik kompyuter dasturchisi, tadbirkor va venchur kapitalist. Rubin 2003-yilda Android Inc.ga asos solgan, 2 yil oʻtib, Google uni sotib olgan; Rubin toʻqqiz yil davomida Google vitse-prezidenti boʻlib ishlagan va oʻz faoliyati davomida Google kompaniyasining mobil telefonlar va boshqa qurilmalar uchun Android operatsion tizimini yaratish va ilgari surish boʻyicha harakatlarni boshqargan. Rubin 2014-yilda jinsiy zoʻravonlik ayblovlaridan keyin Googleni tark etgan, garchi bu avvaliga ishdan boʻshatish emas, balki oʻz ixtiyori bilan ketish sifatida koʻrilgan boʻlsada. Keyin Rubin 2015-yildan 2019-yilgacha Playground Global venchur kapitali firmasining asoschisi va bosh direktori lavozimida ishlagan[1]. Rubin 2015-yilda Essential Productsni yaratishga yordam berdi, bu uyali telefon startapi 2020-yilda xaridor topmasdan yopildi.

Rubin 1989-yilda robotlarga boʻlgan kuchli muhabbati tufayli Appleʼdagi hamkasblari tomonidan „Android“ laqabini oldi va bu taxallus oxir-oqibat Android operatsion tizimining rasmiy nomiga aylandi[2]. Android Inc.dan oldin, Rubin 1999-yilda Danger Inc., mobil sohada faoliyat yuritishni boshlagan kompaniyani yaratishga yordam berdi; Rubin 2003-yilda Androidda ishlash uchun Dangerni tark etdi va Dangerni 2008-yilda Microsoft sotib oldi.

2018-yilda The New York Times gazetasi Rubinning 2014-yilda Googleʼdan ketishi tafsilotlarini ochib beruvchi maqolani chop etdi, yaʼni u ayol xodimlariga jinsiy zoʻravonlik qilgani haqidagi ishonchli ayblovlar tufayli ixtiyoriy emas, balki majburlangani va Google Rubinga ishdan boʻshatish jarayonini tezlashtirish uchun 90 million dollar toʻlagani aytilgan. Googlening katta miqdordagi ishdan boʻshatish toʻlovi jiddiy bahslarga sabab boʻldi[3].

Yoshlik yillari va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubin Nyu-Yorkning Chappaqua shahrida psixolog oilasida tugʻilib, keyinchalik oʻzining marketing firmasiga asos solgan. Otasining firmasi kredit karta hisob-kitoblari orqali joʻnatiladigan soʻnggi elektron gadjetlarning fotosuratlarini olardi[4]. Rubin 1977-yildan 1981-yilgacha Nyu-Yorkning Chappaqua shahridagi Horace Greeley oʻrta maktabida oʻqigan va 1986-yilda Utika kolleji, Nyu-Yorkning Utika shahrida kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr darajasiga sazovor boʻlgan[5].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andy Rubin 1989-yildan 1992-yilgacha Appleʼda ishlab chiqarish muhandisi sifatida ishlagan[6].

General Magic[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubin 1992-yilda General Magicga ishga kirdi. U Motorola Envoyni rivojlantirish ustida yetakchi muhandis sifatida ishladi[7].

Google[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Android Google tomonidan sotib olinganidan soʻng[8], Rubin kompaniyaning mobil va raqamli kontent boʻyicha katta vitse-prezidenti boʻldi[9][10], u yerda smartfonlar uchun ochiq kodli operatsion tizim hisoblangan Androidni ishlab chiqishni nazorat qildi[11]. 2013-yil 13-mart kuni Larry Page oʻz blogida Rubinning Android boʻlinmasidan Googleʼda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun koʻchib oʻtganini, Sundar Pichai esa Android`ga boshchilik qilishini eʼlon qildi[12][13]. 2013-yil dekabr oyida Rubin Google kompaniyasining robototexnika boʻlinmasini (oʻsha vaqtda Google egalik qilgan Boston Dynamics kabi kompaniyani) boshqarishni boshladi[14]. 2014-yil 31-oktabrda kompaniyada toʻqqiz yil ishlagandan soʻng Googleʼni tark etib, texnologik startaplar uchun venchur kapital firmasini ochdi[15][16][17][18].

Googleʼdan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Googleʼdan majburan chiqib ketgandan soʻng, Rubin 2015-yilda Piter Barrett, Matt Hershenson va Bryus Leak bilan birgalikda Playground Global kompaniyasiga asos soldi[19]. Kompaniya venchur kapital firmasi va texnologiya startaplari uchun labaratoriya boʻlib, moliyalashtirish, resurslar va treninglarni taʼminlaydi. 2015-yilda Playground Global sarmoyadorlar Google, HP, Foxconn, Redpoint Ventures, Seagate Technology, Tencent va boshqalardan 300 million dollar mablagʻ yigʻdi[1]. Rubin Owl Labsga oʻxshash bir qancha kompaniyalarga sarmoya kiritgan[20]. Rubin 2019-yil may oyida Playground Globalni tark etdi[21].

Vaqt jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Carl Zeiss AG, robototexnika muhandisi 1986—1989[4].
  • Apple Inc., ishlab chiqarish muhandisi, 1989—1992[4].
  • General Magic, muhandis, 1992—1995. Appleʼning oʻziga xos kompaniyasi va mobil qurilmalar uchun operatsion tizim va interfeys boʻlgan Magic Capni ishlab chiqishda ishtirok etgan[4].
  • MSN TV, muhandis, 1995—1999. Magic Cap muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Rubin Stiv Perlman tomonidan asos solingan Artemis Research kompaniyasiga qoʻshildi, u WebTVga aylandi va oxir-oqibat Microsoft tomonidan sotib olindi[4].
  • Danger Inc., asoschi, 1999—2003. Mett Hershenson va Jo Britt bilan birgalikda asos solingan.
  • Android Inc., asoschi 2003—2005[4]. Android 2005-yilda Google tomonidan sotib olingan[8].
  • Google, 2005—2014: Android uchun mas’ul boʻlgan katta vitse-prezident[4].
  • Playground Global, 2014-2019: Asoschi[22] Bu tashabbuslar sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan va u yangi avlod uskunalarini yaratmoqda[23].
  • Redpoint Ventures, 2015-2017: Hamkor[22].
  • Essential Products, 2015-2020: Asoschi va rahbar[24][25].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Barr, Alistair; Wakabayashi, Daisuke „Android Creator Andy Rubin Launching Playground Global“. The Wall Street Journal (2015-yil 6-aprel). 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul. (subscription required)
  2. Jeffries, Adrianne „Disconnect: why Andy Rubin and Android called it quits“. The Verge (2013-yil 19-mart). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  3. Wakabayashi, Daisuke; Griffith, Erin; Tsang, Amie; Conger, Kate. „Google Walkout: Employees Stage Protest Over Handling of Sexual Harassment“ (en-US). The New York Times (2018-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 Markoff, John „I, Robot: The Man Behind the Google Phone“. The New York Times (2007-yil 4-noyabr). 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  5. Susmitha Suresh.. „Who Is Andy Rubin? Android Founder Denies Sexual Misconduct Claims At Google“. IBT (2018-yil 26-oktyabr). 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  6. „Former Android Chief Andy Rubin Still Has His Apple Business Card From The 90s [Image“] (en-US). Cult of Mac (2013-yil 25-mart). 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
  7. „Andy Rubin Unleashed Android on the World. Now Watch Him Do the Same With AI“. Wired (ingliz (Amerika)). ISSN 1059-1028. Qaraldi: 2021-02-05.
  8. 8,0 8,1 Elgin, Ben „Google Buys Android for Its Mobile Arsenal“. Bloomberg Businessweek. Bloomberg (2005-yil 17-avgust). 2011-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  9. Ion, Florence „Rubin out, Pichai in as Google's new senior vice president of Android“. Ars Technica (2013-yil 13-mart). 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  10. Richmond, Shane „Google Android boss Andy Rubin steps aside“. The Daily Telegraph (2013-yil 13-mart). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  11. Krazit, Tom „Google's Rubin: Android 'a revolution'“. CNET (2009-yil 20-may). 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  12. Arthur, Charles „Andy Rubin moved from Android to take on 'moonshots' at Google“. The Guardian (2013-yil 13-mart). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  13. Etherington, Darrell „Sundar Pichai Takes Over For Andy Rubin As Head Of Android At Google, Signals The Unification of Android, Chrome And Apps“. TechCrunch. AOL (2013-yil 13-mart). 2017-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  14. Markoff, John „Google Adds to Its Menagerie of Robots“. The New York Times (2013-yil 14-dekabr). 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  15. Barr, Alistair „Former Android Leader Andy Rubin Leaving Google“. The Wall Street Journal (2014-yil 31-oktyabr). 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul. (subscription required)
  16. Lowensohn, Josh „Android creator Andy Rubin is leaving Google“. The Verge (2014-yil 30-oktyabr). 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  17. Wilhelm, Alex „Andy Rubin Is Leaving Google To Start A Hardware Incubator“. TechCrunch. AOL (2014-yil 30-oktyabr). 2017-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  18. Gibbs, Samuel. „The 'father of Android' leaves Google for new technology hardware startups“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 2-noyabr). 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
  19. Kosoff, Maya „Former Android boss Andy Rubin has raised $48 million to fund hardware companies and joined a VC firm“. Business Insider. Axel Springer SE (2015-yil 6-aprel). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  20. Goode, Lauren „Andy Rubin-backed Owl Labs just launched a robotic video conference camera“. The Verge (2017-yil 21-iyun). 2017-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
  21. „Disgraced Google Exec Andy Rubin Quietly Left His Venture Firm Earlier This Year“ (en). BuzzFeed News (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
  22. 22,0 22,1 „Disgraced Google Exec Andy Rubin Quietly Left His Venture Firm Earlier This Year“ (en). BuzzFeed News (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
  23. Lunden, Ingrid. „Andy Rubin's Playground Ventures is raising another 395M“ (en). TechCrunch. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
  24. „Android founder Andy Rubin's startup Essential is shutting down, saying there is 'no clear path' to deliver its new phone to customers“. Business Insider.
  25. „Here's what we know about Andy Rubin's new Essential phone“. Recode. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]