Andrey Malchevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Malchevskiy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Oleksandrovich Malchevskiy
Tavallud sanasi 1-dekabr 1968-yil (1968-12-01) (55 yosh)
Tavallud joyi Ukraina SSR
Ampluasi Hujumchi

Andrey Oleksandrovich Malchevskiy (1968-yil 1-dekabr, Ukraina SSR) — ukrainalik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey kattalar futbolidagi faoliyatini juda kech, 25 yoshida 1993-yilda Budivelnik pivo zavodining „Budivelnik“ futbol jamoasida boshlagan. U jamoa tarkibida Ukraina havaskorlar chempionatida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.

Oʻzbekiston jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil O‘zbekiston chempionati vakili Namanganning „Kosonsoy“ jamoasi bilan shartnonma imzoladi. „Kosonsoy“ jamoasi tarkibida ikki yil davomida harakat qilib, Oʻzbekiston Birinchi ligasi va Oʻzbekiston Kubogida 42 ta oʻyinda ishtirok etib 17 ta gol muallifiga aylandi.

1996-yilda Oʻzbekiston Superligasi vakili „Xorazm“ klubi safiga oʻtib, yuqori ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushdi. Yozgi transfer oynasida Ukraina jamoasidan tushgan taklif tufayli xorazmliklar jamoasini tark etdi.

U 1996/97-yilgi mavsumni „Sistema-Borex“ aʼzosi sifatida boshlagan, uning futbolkasida 1996-yil 8 sentyabrda Ukraina Ikkinchi ligasi „A“ guruhida 5-turining uy uchrashuvida Varvinning „Fakela“ jamoasiga qarshi durang (1:1) qayd etilgan oʻyinida debyut qilgan edi. Andrey maydonga asosiy tarkibda maydongga tushdi, 28-daqiqada sariq kartochka oldi va 60-daqiqada esa uning oʻrniga Volodimir Ralchenko[1] tushdi. 1996-yilning birinchi yarmi va oʻrtalarida Ukraina Ikkinchi ligasida 2 ta oʻyin oʻtkazdi.

1996-yil sentyabr oyining oxiridan oktyabr oyining oxirigacha u Romaning „Elektron“ jamoasi safida Ukraina havaskorlar chempionatida toʻp surdi (4 oʻyinda qatnashib 1 gol muallifi boʻldi). 1997-yilda yana Oʻzbekiston Birinchi ligasi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Dasrlab 1997-yil Toshkentning „Chilonzor“ klubida boshlagan boʻlsa, 1998-yil sobiq jamoasi Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston Superligasi oʻyinlarida „Chilonzor“ (11 ta o‘yin, 1 ta gol) va „Kosonsoy“ (22 ta o‘yin, 1 ta gol) jamoalari safida bir mavsum davomida toʻp surgan.

1999-yilda Bangladeshning „Muhammedan“ klubiga[2] o‘tgan bo‘lsa, mavsum davomida, yozgi transfer oynasi vaqtida O‘zbekistonning „Zarafshon“ jamoasiga o‘tib, O‘zbekiston oliy ligasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan edi.

1999/2000-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida u Hindistonning „Cherchill Brothers“ klubiga oʻtdi[3].

U keyingi mavsumni Hindistonning boshqa bir klubi „IST Bengal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi.

Xorij jamoalarida oʻtgan bir necha mavsumdan soʻng 2006-yil Ukrainaga qaytdi. 2006-yildan 2009-yilgacha u Kiyevning „Olimpik“ jamoasida tarkibida Kiyev shaharida havaskorlar chempionatida oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]