André Almeida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
André Almeida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi André Gomes Magalhães de Almeida
Tavallud sanasi 10-sentyabr 1990-yil (1990-09-10) (33 yosh)
Tavallud joyi Lissabon, Portugaliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Benfica
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2002 Loures
2002-2003 Sporting CP
2003-2007 Alverca
2007-2009 Belenenses

André Gomes Magalhães de Almeida (1990-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Benfika uchun asosan oʻng qanot himoyachisi, yoki yarim himoyachi va jamoa sardori sifatida maydonga tushadi. U 2013-yildan 2015-yilgacha Portugaliya terma jamoasi safida 8 oʻyin oʻtkazgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belenenses[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining tugʻilgan shahri Lissabonda uchta yoshlar klubida oʻynaganidan soʻng, Almeyda Belenenses bilan toʻliq shartnoma imzolagan. U oliy diviziondagi debyutini 2009-yil 11-yanvarda Rio Avega qarshi 0:1 hisobidagi magʻlubiyatli uchrashuvda bir daqiqa oʻynab oʻtkazgan oʻzining birinchi toʻliq mavsumini 20 oʻyin va bir gol bilan yakunlagan, uning klubi quyi ligaga tushib ketgan.

Almeyda 2010-11-yilgi mavsumda 18 oʻyinda maydonga tushgan va ikki marta gol urgan, ammo Belenenses ikkinchi ligada atigi 13-oʻrinni egallagan holos.

Benfika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Almeyda 2016-yilda „Benfika“ da oʻynagan

Almeyda 2011-yilning yozida SL Benfika bilan shartnoma imzolagan va darhol yuqori saviyadagi UD Leiria jamoasiga ijaraga berilgan. Ammo dekabr oyida Bemnika klubi tomonidan chaqirib olingan[1]. Mavsum oxirigacha asosiy jamoa uchun toʻrtta rasmiy oʻyinda maydonga tushgan, shu jumladan 90 daqiqa davomida Santa Klara ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda harakat qilgan. Oʻsha mavsumda „Benfika“ ketma-ket toʻrtinchi marta ichki liga kubogini qoʻlga kiritgan.

Almeyda 2012-13-yilgi mavsumni Benfika B bilan ikkinchi divizionda boshlagan. Biroq, yozgi transfer oynasining soʻnggi daqiqalarida Xavi Garsiya va Aksel Vitselning sotuvidan soʻng, u oʻng qanotda va markaziy yarim himoyada Maksi Pereyraga zaxira sifatida muntazam ravishda asosiy tarkibga chaqirila boshlangan[2].

Almeyda UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini 2012-yilning 19-sentyabrida „Seltik“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan[3]. Shuningdek, u ikki jamoa oʻrtasidagi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan va 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan. Ikkala holatda ham himoyaning oʻng tomonida oʻynagan[4]. 2017-yilning 18-yanvarida Almeyda „Benfika“ safidagi ilk golini Tasa de Portugaliya chorak finalida " Leyxoes "ga qarshi oʻyinda (6:2) kiritgan[5].

2021-yilning iyunida Jardel ketganidan keyin Almeyda jamoa sardoriga aylangan[6][7].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Almeyda barcha yoshlar toifalarida Portugaliya uchun 30 ta oʻyin oʻtkazgan, shu jumladan 21 yoshgacha boʻlganlar uchun 17 ta oʻyinda maydonga tushgan. U 2013-yil 11-oktabrda terma jamoada debyut qilgan va 2014-yil FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Isroilga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan[8].

2014-yil 19-may kuni Almeyda murabbiy Paulo Bento tomonidan Braziliyadagi turnir uchun yakuniy 23 kishilik tarkibga kiritilgan[9]. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni oʻtkazgan va guruh bosqichida Germaniyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda ikkinchi boʻlimda jarohat olgan Fabio Koentrau oʻrniga maydonga tushgan[10].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga Kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Belenenses 2008-09 Primeir Liga 4 0 0 0 0 0 4 0
2009-10 20 1 3 0 1 0 24 1
2010-11 18 2 1 0 2 0 21 2
Jami 42 3 4 0 3 0 49 3
União de Leiria (loan) 2011-12 Primeira Liga 11 1 1 0 0 0 12 1
Benfica 2011-12 Primeir Liga 3 0 0 0 1 0 0 0 4 0
2012-13 14 0 5 0 3 0 12 0 34 0
2013-14 10 0 3 0 4 0 9 0 26 0
2014-15 20 0 3 0 2 0 6 0 0 0 31 0
2015-16 26 0 1 0 2 0 8 0 0 0 37 0
2016-17 14 1 3 1 4 0 4 0 25 2
2017-18 31 2 2 0 2 0 4 0 1 0 40 2
2018-19 33 2 3 0 4 0 13 0 53 2
2019-20 17 3 2 0 0 0 1 0 0 0 20 3
Jami 168 8 22 1 22 0 57 0 1 0 270 9
Benfica B 2012-13 Segunda Liga 6 1 6 1
2013-14 1 0 1 0
Jami 7 1 7 1
Karyerada jami 228 13 26 1 25 0 57 0 1 0 337 14

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Portugaliya[11] 2013 2 0
2014 5 0
2015 1 0
Jami 8 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benfika

  • Primeira Liga : 2013-14, 2014-15, 2015-16, 2016-17[12] 2018-19
  • Taça de Portugaliya : 2013-14, 2016-17
  • Taça da Liga : 2011-12, 2013-14, 2014-15, 2015-16
  • Supertaça Candido de Oliveyra : 2014, 2016, 2017
  • UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin: 2012-13, 2013-14[13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Benfica solicita regresso de André Almeida à U. Leiria (Benfica requests André Almeida return from U. Leiria) (Wayback Machine saytida 2015-01-21 sanasida arxivlangan); Mais Futebol, 23 December 2011 (Portuguese)
  2. „Ex-leão ganha estatuto na Luz“ (pt). SAPO Desporto (21-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  3. Celtic stand firm against Benfica; UEFA.com, 19 September 2012
  4. Benfica grateful for Garay winner; UEFA.com, 20 November 2012
  5. „A very special moment“ in a „just“ victory (Wayback Machine saytida 2017-01-31 sanasida arxivlangan) S.L. Benfica (in Portuguese)
  6. „Yaremchuk destaca regresso de André Almeida: «É uma lenda do clube»“ (pt). zerozero (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  7. „O capitão voltou!“ (pt). S.L. Benfica (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  8. „Portugal pegged back by late Israel strike“. UEFA.com (12-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2013-yil.
  9. „Paulo Bento announces Portugal's 23-man World Cup squad“. PortuGOAL (19-may 2014-yil). 31-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
  10. „Muller-inspired Germany thrash ten-man Portugal“. FIFA.com (16-iyun 2014-yil). 17-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2014-yil.
  11. „André Almeida“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  12. „Especial 'Tetra'“. Mística (portugalcha). Portugal: Impresa Publishing. April–June 2017. 96-bet.
  13. „Spot-on Sevilla leave Benfica dreams in tatters“. UEFA.com (14-may 2014-yil). Qaraldi: 15-may 2014-yil.