Anastasiya Gimazetdinova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anastasiya Dmitriyevna Gimazetdinova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 19-may 1980-yil (1980-05-19) (43 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport figurali uchish

Anastasiya Dmitriyevna Gimazetdinova (1980-yil 19-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — yakkalik bahslarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik figurachi. Uch karra Oʻzbekiston chempioni, 2008-yilda Osiyo chempioni. 1994-yilda yakkalik tartibidagi figurali uchish boʻyicha Rossiya sport ustasi (1994-yilda), Oʻzbekiston boʻyicha Xalqaro sport ustasi.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anastasiya Gimazetdinovani figurali uchish seksiyasiga 5 yoshida ota-onasi olib keladi. Uning birinchi murabbiyi Natalya Serebrennikova ("Ural Trubnik" yoshlar sport maktabi, Pervouralsk) edi. Soʻng 1993-yildan buyon u Igor Ksenofontov qoʻlida shugʻullanadi. 13 yoshida u  uch yil ketma-ket sport ustasi me’yorlarini bajarib, 1993-yildan 1995-yilgacha Rossiya kubogi bosqichlarida kuchli uchlikdan oʻrin oladi. Ikki marta Rossiya chempionatida ishtirok etgan. 1997-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida ishtirok etib kelgan.

Oʻz dasturlarida Anastasiya ajoyib raqslari bilan ajralib turardi. Biroq xalqaro musobaqalarda u asosan unchalik yuqori boʻlmagan oʻrinlarni egallagan.

Anastasiyaning xalqaro maydondagi eng yuqori natijasi 1998-yilda Toʻrt qit’a chempionatida 8-oʻrin va 2007-yilgi jahon chempionatida 19-oʻrinni egallagani boʻldi. Bundan tashqari, 2005-yilda "Karl Shefer memoriali"da 7-oʻrinni egallab, Turindagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun saralangan va u erda 29-oʻrindan joy oldi.

2008-yilgi Osiyo chempionatida (Asian Championships yoki boshqa yoʻl bilan - Asian Figure Skating Trophy) Anastasiya oltin medalni qoʻlga kiritadi.

2010-yilgi Olimpiada uchun klasifikasiyasi 2009-yili “Nebelhorn Trophy” turnirida Anastasiya 14-oʻrinni egallab, Oʻzbekistonga Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi. Ammo keyinroq  yakka tartibdagi ayollar uchish boʻyicha (Olimpiada yoʻllanmalari bir qator rad etilganligi sababli Isroil, Shveysariya va Chexiya MOQlari yoʻllanmalar berishdan bosh tortgan) Oʻzbekiston bu oʻrinni qoʻlga kiritadi va Anastasiya terma jamoa tarkibiga qoʻshiladi[1]. Musobaqalarda u ikkala dastur uchun kamtarona ball oldi va atigi 23-oʻrinni egalladi. Keyingi jahon chempionatida ham xuddi shunday natija koʻrsatdi.

Anastasiyaning Olimpiya mavsumi uning faoliyatidagi soʻnggisi boʻlishiga qaramay, u qishki Osiyo oʻyinlari ishtirokchilari tarkibidan joy egalladi[2]. Ammo qisqa dastur yakunida u jarohatlanib musobaqani tark etdi.

Ayni paytda u murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi, bundan tashqari muz shousida ham ishtirok etadi.

Sport yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 2003-2004 2004-2005 2005-2006 2006-2007 2007-2008 2008-2009 2009-2010 2010-2011
Qishki Olimpiya o'yinlari 29 23
Jahon chempionatlari 21 19 21 31 23
To'rt qit'a chempionati 18 WD 12 9 12 11
O'zbekiston chempionati 1 1 1 1
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 7 11 12
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 11
Gran-pri bosqichlari: Trophee Erik Bompard 12 8
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 11
Nebelhorn Trophy 12 WD 14
Qishki Osiyo o'yinlari 6 WD
Karl Shefer xotirasi 7
Ondrej Nepela xotirasi 15
Ice Challenge 9
Skate Isroil 4
NRW kubogi W.D.
Osiyo chempionati 1

2003-yilgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 1997-1998 1998-1999 1999-2000 2000-2001 2001-2002 2002-2003
Jahon chempionatlari 28 23
To'rt qit'a chempionati 8 12 26 14 9
O'zbekiston chempionati 2 2 2 2 2 1
Qishki Osiyo o'yinlari 5 6
Zagreb Gold Skate 6 10
Yelena Pajovich kubogi 2
Ondrej Nepela xotirasi 8 8
Karl Shefer xotirasi 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]