Tavr togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tavr togʻlari, Toros (turkcha Toros’lar) — Turkiyaning jan. qismidagi togʻ sistemasi. Oʻrta dengiz sohili boʻylab taxminan 1000 km ga choʻzilgan. Kichik Osiyo va Sharqiy Tavr togʻliklarining jan.dagi tizmalar. Eng baland joyi 3726 m (Temirqoziq choʻqqisi). Asosan, ohaktoshlardan, shuningdek, kristalli slanets va metamorfik jinslardan tuzilgan. Tavr togʻlarining markazida ayrim choʻqqilarning bal. 3000 m dan yuqori, relyefi alp tipli, qad. muzliklarning izlari saqlangan. Gʻarbiy qismida karst landshafti uchraydi. Shim. yon bagʻirlari tikanli butalar usadigan choʻl va dashtdan, jan. yon bagri sernam boʻlganligidan doim yashil oʻrmon va butazorlardan iborat, yuqori qismi igna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Tavr togʻlarini Dajla, Furot daryolari kesib oʻtadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.