Pontiya togʻlari
Pontiya togʻlari - Turkiyaning shimoliy qismidagi togʻ sistemasi, Qora dengizning janubiy sohillari boʻylab 1000 km masofaga choʻzilgan. Eni eng keng joyida 130 km. Gʻarbiy Pontiya, Ja-nik va Sharqiy Pontiya togʻlaridan iborat. Qizil Irmoq va Yashil Irmoq daryolari tor vodiylar orkali tizmalarni koʻndalang kesib oʻtgan. Sharqiy qismi balandroq, relyefi alp tipli, eng baland joyi 3937 m. Gʻarbiy qismi, asosan, qumtosh, ohaktosh, sharqi granit, gneys, kristalli sla-netslardan, vulkan jinslaridan tuzilgan. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Tosh-koʻmir, mis va polimetall ruda konlari bor. Shimoliy seryogʻin yon bagʻri keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, janubiy yon bagʻri togʻ dashti va chala choʻlidan iborat. Togʻ oldi tekisliklarida va togʻ oralarida dehqonchilik qilinadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |