Amy Winehouse
Amy Winehouse | |
---|---|
![]() Winehouse Fransiyada (2007) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Amy Jade Winehouse |
Tugʻilishi |
14-sentabr 1983-yil |
Vafoti |
23-iyul 2011-yil (27 yoshda) Camden, London, Angliya |
Faoliyat yillari | 1993, 2003-2011 |
Janr | Soul, jazz, R&B |
Amplua | vokal, gitara |
Sayt | www.amywinehouse.com |
Amy Jade Winehouse (talaffuzi: Eymi Jeyd Uaynhauz; 14-sentabr, 1983 – 23-iyul, 2011) ingliz xonandasi va shoirasi boʻlgan. Kuchli kontralto ovozga sohib edi,[1] jazz, soul va R&B janrlarida ijod qilgan.[2]
Winehouse'ning 2003-yilgi debut albomi, Frank, Birlashgan Qirollikda yaxshi qarshilandi va Mercury mukofotiga loyiq topildi. Uning keyingi, 2006-yilgi albomi, Back to Black, beshta Grammy Award mukofotini oldi, britan ayol ashulachi uchun bu rekord edi.[3][4] Back to Black Birlashgan Qirollikda eng koʻp sotilgan albomlardan boʻldi.[5] Albomdagi "Stronger Than Me", "Rehab", "Love Is a Losing Game" qoʻshiqlari hit-paradlarda yuqori joylarni egallab kelgan.
Winehouse ayol musiqachilarni hamda kiyimlar dizaynerlarini ilhomlantirgan shaxsiyat sifatida xotirlanadi. Lekin uning muammoli tomonlari ham bor edi: Amy 2007-yildan giyohvandlik va araqxoʻrlikka aralashib qoldi. Qolaversa uning sobiq eri, Blake Fielder-Civil, mushtlashuvda qatnashgani uchun hibsga olinib, qamoqqa yuborilgandi, bu Amy'ning ruhiy holatiga salbiy taʼsir qilgan. Natijada 2008-yili Winehouse sogʻligʻi ogʻirlashdi.[6][7]
Winehouse 2011-yilning 23-iyulida, 27 yoshida, Londondagi uyida oʻldi;[8][9] politsiya oʻlim sababini haligacha izohlamadi.[10][11][12]
Diskografiyasi[tahrir]
- Frank (2003)
- Back to Black (2006)
Manbalar[tahrir]
- ↑ The New York Observer 14 December 2007: Amy Winehouse: The Next Tragic Talent?
- ↑ Amy Winehouse Frank Review. allmusic.com.
- ↑ Winehouse dominates Grammys with 5 wins Arxivlandi 2012-10-03Wayback Machine saytida., MSNBC.
- ↑ "Amy Winehouse's brother on her return to form", The Times.
- ↑ "James Blunt records the biggest selling album of decade". BBC News. 29 December 2009. http://news.bbc.co.uk/2/hi/entertainment/8433447.stm. Qaraldi: 9 January 2011.
- ↑ "Singer Winehouse 'has emphysema'.". BBC. 23 June 2008. http://news.bbc.co.uk/1/hi/entertainment/7468655.stm. Qaraldi: 1 January 2010.
- ↑ Spokeswoman: Amy Winehouse doesn't have emphysema. Associated Press via contracostatimes.com (23 June 2008).[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
- ↑ McKinley, James; Ravi Somaiya and Julia Werdigier (24 July 2011). Amy Winehouse, British Soul Singer With a Troubled Life, Dies at 27 (English). New York Times. 24 July 2011.
- ↑ BBC News website 23 July 2011: Obituary: Amy Winehouse Retrieved 2011-07-23
- ↑ David Sillito (23 July 2011). "Amy Winehouse found dead, aged 27". BBC. http://www.bbc.co.uk/news/uk-14262237. Qaraldi: 23 July 2011.
- ↑ David Batty and agencies (23 July 2011). "Amy Winehouse dies aged 27". The Guardian. http://www.guardian.co.uk/music/2011/jul/23/amy-winehouse-dies-aged-27.
- ↑ "Amy Winehouse Found Dead". TMZ. 23 July 2011. http://www.tmz.com/2011/07/23/amy-winehouse-dead-dies-london-apartment. Qaraldi: 23 July 2011.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Wikimedia Commonsda Amy Winehouse mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() |