Amr ibn Junoda al-Ansoriy
Amr ibn Junada al-Ansoriy عمر بن جندب انصاری | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni |
Oʻlim sababi | Karbalo jangi |
Karbalo, Iroq | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohi |
Amr ibn Junada al-Ansoriy (arabcha: عمر بن جندب انصاری) – Husayn ibn Alining hamrohi, Karbalo shahidlaridan biri.
Nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amr ibn Junodaning otasi Junoda ibn Haras Muhammadning sahobalaridan boʻlib, Siffin jangida qatnashgan Ali ibn Abu Tolibningtarafdorlaridan edi[1]. Onasi Karbalo jangida ishtirok etgan ayollardan biri Mas’ud al-Xazrojiyning qizi Bahriya boʻlgan[2]. Ayrim manbalarda Amrning ismi Umar deb ham zikr qilingan[3].
Husayn ibn Aliga qoʻshilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amr ibn Junoda baʼzi manbalarga koʻra 21 yoshda[4], yana boshqa maʼlumotlarga koʻra 11 yoki 9 yoshda boʻlgan vaqtida[5] ota-onasi bilan birgalikda Makkada Husayn ibn Alining tarafdorlari safiga qoʻshilgan[6].
Karbalo jangidagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amr ibn Junodaning otasi shahid boʻlgach, onasi oʻgʻliga: „Oʻgʻlim, borib, Husaynga yordam ber!“ deydi. Amr Husaynning oldiga borib, jang maydoniga kirishga va ular bilan birgalikda jang qilishga ruxsat soʻraydi. Husayn ibn Ali dastlab unga ruxsat bermagan, biroq Amr yana bir bor jangga kirishni iltimos qilgan. Shunda Husayn: „Bu yigitning otasi shahid boʻldi, balki onasi uning jang maydoniga borishini yoqtirmas“, deydi. Amr ibn Junoda: „Ey Paygʻambarning oʻgʻli, onam menga senga yordam berishimni buyurib, egnimga jangga kirish uchun kiyimimni kiydirdi“, deb javob berdi. Shundan soʻng Husayn Amr ibn Junodaga urushda ishtirok etishga ruxsat bergan[7].
Urushda Amr shunday jangovar nido oʻqigan: „Mening sarkardam Husayn, u yaxshi qoʻmondondir. Husayn paygʻambar qalbining zavqi, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchidir. Otasi Ali, onasi Fotimadir. Uning yuzi nurli, peshonasi oydek“[8]
Amr ibn Junoda shahid boʻlguniga qadar dushmanlari bilan jang qilganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Karbalo jangida Molik ibn Nasr uning boshini kesib, Imom Husayn lashkari tomon tashlagan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rasūlī Maḥallātī. Zindigānī-i Imām Ḥusayn (a) — 452–453-bet. (Wayback Machine saytida 2021-09-25 sanasida arxivlangan)
- ↑ Mamaqānī. Tanqīḥ al-maqāl — 327-bet.
- ↑ Samāwī. Ibṣār al-ʿayn — 159-bet.
- ↑ Mamaqānī. Tanqīḥ al-maqāl, 4 November 2013 — 253-bet.
- ↑ Mamaqānī. Tanqīḥ al-maqāl — 327-bet.
- ↑ Samāwī. Ibṣār al-ʿayn — 159-bet.
- ↑ Ḥāʾirī Shīrāzī. Dhakhīrat al-dārayn — 435-bet.
- ↑ Ḥāʾirī Shīrāzī. Dhakhīrat al-dārayn — 435-bet.
- ↑ Ḥāʾirī Shīrāzī. Dhakhīrat al-dārayn — 435-bet.