Kontent qismiga oʻtish

Alperen Duymaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alperen Duymaz
Tavalludi 3-noyabr 1992
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor

Alperen Duymaz (1992-yil 3-noyabr[1], Anqara ) — turkiyalik aktyor va model.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asli Anqaradagi Mamak Kıbrısköyda tugʻilgan Alperen Duymaz oʻrta maktab yillarida musiqa va modellikka qiziqishni boshlagan[2]. Hacettepe Universiteti Anqara Davlat Konservatoriyasining teatr bo‘limida tahsil olgan. Duymaz aktyorlik faoliyatini „Tatli Küçük Yalancılar“ seriali bilan boshlagan. Keyinchalik „Acı Aşk“ va „Bodrum Masalı“ seriallari orqali faoliyatini davom ettirgan[3]. Ayniqsa, „Bodrum Masalı“ serialidagi chiqishi bilan ommaga tanildi[4]. Alperen 2018-yilgi „Direniş Karatay“ filmida Kutay obrazini ijro etgan[5]. Aynan shu yil davomida u „Chuqur“ teleserialidagi Emrah Amir obrazida ham rol oʻynagan[6]. Soʻngra, 2018-yilning oxirida va 2019-yilning boshlarida „Toʻqnashuv“ serialida Kerem Korkmaz rolida oʻynagan[7]. 2020-yilda Show TV telekanalida namoyish etilgan „Zemheri“ serialida Ayaz obrazini ijro etgan[8]. Aktyor 2021-yilda NOW telekanalida namoyish etilgan „Son Yaz“ teleserialida Akgün Gökalp Taşkın ismli personajni ijro etgan. 2023-yilda xuddi shu kanalda namoyish etilgan „EGO“ serialida Erhan Yıldırım rolida oʻynagan. 2020-yilda oʻqituvchi sevgilisi Kübra Kelkit bilan turmush qurgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ALPEREN DUYMAZ“. Cem Tatlıtuğ Management. 1 mayıs 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  2. KARTAL, Nezihe. „Alperen Duymaz: Oyunculuk büyük bir özgürlük“. HaberTürk (5 ocak 2016). 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  3. SÖNMEZER, İrem Pelin. „Oyunculuğun özgür kıldığı adam: Alperen Duymaz“. ranini.tv (5 eylül 2016). 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  4. „Alperen Duymaz: İlgi beni utandırıyor“. Hürriyet (6 kasım 2016). 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  5. „Direniş Karatay ekibi filmi anlattı“. NTV (27 şubat 2018). 24 haziran 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  6. „Çukur'da bomba transfer! Alperen Duymaz Çukur dizisinde“. Posta (16 şubat 2018). 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart.
  7. „Çarpışma dizisine uluslararası ödül!“. Mynet (30 ağustos 2019). 26 eylül 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 ocak 2020.
  8. „Alperen Duymaz'dan zor sahne!“. HaberTürk (17 ocak 2020). 22 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 ocak 2020.