Alixan Smailov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alixon Asxanovich Smayilov
qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов
 12-Qozogʻiston Respublikasining Bosh vaziri
Mansab davri
11-yanvar 2022
(v.b 5 — 11-yanvar 2022, 29 — 30-mart 2023) – 6-fevral 2024-yil
Prezident Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Asqar Mamin
Vorisi Roman Sklyar
Oʻljas Bektenov
 Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
18-yanvar 2021-yil – 11-yanvar 2022-yilgacha
Prezident Qosim-Joʻmart Toqayev
Bosh vazir Asqar Mamin
Vorisi Roman Sklyar
 Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri
Mansab davri
18-sentabr 2018-yil – 18-may 2020-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Baxt Sultanov
Vorisi Jamaubayev Erulan
 Qozog‘iston Respublikasi Statistika agentligi raisi
Mansab davri
noyabr 1999-yil – fevral 2003-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-dekabr 1972-yil (1972-12-18) (51 yosh)
Almati shahri,
Qozoq SSR, SSRI
Onasi Anarkul Tayjanova
Otasi Smayilov Asxan Smayilovich
Mukofotlari
Ostonaning 20 yilligi medali QR mustaqilligining 25 yilligi medali1-darajali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun medali "Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi" medali

Alixan Asxanovich Smailov (qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR, SSSR) — qozoq davlat va siyosiy arbobi, sobiq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022—2024).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda esa Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogʻiston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini “Davlat boshqaruvi magistri” darajasini olgan. 2022-yil 5-yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 11-yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • “A-Invest” investitsiya va xususiylashtirish fondi xodimi (1993-1995)[1];
  • Almati shahar hokimligi savdo-sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi (1995-1996);
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy xo‘jalik kengashi stajyori (1996);
  • Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika agentligi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i (1996-yil avgust – 1998-yil mart);
  • Qozog‘iston Respublikasi Statistik rejalashtirish va islohotlar agentligining statistika va tahlil qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (1998-yil mart – 1998-yil aprel);
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh eksperti, sektor mudiri (1998-1999);
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy-nazorat boʻlimi davlat inspektori (1999-yil avgust - noyabr);
  • Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (1999-yil noyabr - 2003-yil fevral);
  • Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2003-yil fevral — 2003-yil);
  • Eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash davlat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2003-2006);
  • Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari (2006-yil fevral – 2007-yil yanvar);
  • "Kazagro" Milliy xoldingi AJ prezidenti (2007-yil yanvar - 2008-yil noyabr);
  • Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari (2008-yil 21-noyabr – 2009-yil oktyabr);
  • Qozog‘iston Respublikasi Statistika agentligi raisi (2009-yil 27-oktabr – 2014-yil 13-avgust);
  • Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qo‘mitasi raisi (2014-yil avgust – 2015-yil dekabr);
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2015-yil 11-dekabr – 2018-yil 18-sentabr);
  • Qozog‘iston Respublikasi moliya vaziri (2018-yil 18-sentabrdan boshlab)
  • Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri (2022-yil 11-yanvardan)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Medallar: “Mashaqqatli mehnati uchun”, “Qozog‘iston mustaqilligiga 10 yil”, “Qozog‘iston Konstitutsiyasiga 10 yil”, “Ostona shahriga 10 yil”, “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun”, II darajali ( 05/08/2015).
  • Orden "Parasat" (2020)[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Otasi: Smailov Asxan Smailovich, Almati shahridagi 17-sonli poliklinikaning sobiq bosh shifokori[3].(1948-yil 17-iyunda tugʻilgan)
  • Onasi: Anarkul Tayjanova (1947-yil 4-noyabrda tugʻilgan)

Alixan Smailov uylangan va uch farzandi bor: Asxan Ayizere Alixanqizi (2013-yil 1-martda tugʻilgan), Asxan Janiya Alixanqizi (2015-yil 20-iyulda tugʻilgan), Asxan Alisulton Alixanuli (2018-yil 10-sentabrda tugʻilgan)

  • Xotini: Smailova Baljan Duanbekovna (1987-yil 1-sentyabrda tugʻilgan)
  • Opasi: Abildaeva Toʻlqin Asxanovna (1969-yil 29-iyunda tugʻilgan)
  • Ukasi: Smailov Erjan Asxanovich (1983-yil 10-sentyabrda tugʻilgan)[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Досье: Смаилов Алихан Асханович“. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  2. „Накануне Дня Независимости ряду казахстанцев присуждены государственные награды“. akorda.kz (2020-yil 14-dekabr). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  3. „Мотивационная встреча главного специалиста Управления молодежной политики“ (ru-RU). Новости КазНМУ (2019-yil 4-oktyabr). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  4. „Источник“ (deadlink). 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Alixan Smailovning vazirlar mahkamasi