Kontent qismiga oʻtish

Aliko Dangote

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aliko Dangote

Dangote (2014-yil)
Tavalludi 10-aprel 1957-yil (1957-04-10) (67 yosh)
Kano, British Nigeria
Fuqaroligi Nigeriya
Taʼlimi Government College, Birnin Kudu
Kasbi biznesmen, sanoatchi
Faoliyat yillari 1977–yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Zainab Dangote
    (turm. 1977, ajrashgan)
  • Mariya Muhammad Rufai (Sana mavjud emas)
Bolalari Halima Dangote

Aliko Dangote (1957-yil 10-aprelda tugʻilgan) – nigeriyalik tadbirkor va sanoatchi. U Gʻarbiy Afrikadagi eng yirik sanoat konglomerati Dangote Group asoschisi, raisi va bosh direktori sifatida tanilgan. Bloomberg nashrining maʼlum qilishicha 2024-yil may oyida uning boyligi 15,3 milliard dollarga baholangan va bu esa uni Afrikadagi eng boy odam, dunyodagi eng boy qora tanli va dunyodagi milliarderlar boʻyicha 132-oʻrinni eggalagan[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dangote 1957-yil 10-aprelda Britaniyaga qarashli Nigeriyaning Kano shahrida badavlat ausa musulmon oilasida tugʻilgan[3][4]. Uning onasi Mariya Sanusi Dantata tadbirkor Sanusi Dantataning qizi edi[5]. Uning otasi Muhammad Dangote Dantataning biznes hamkori edi[6]. Dangote Shayx Ali Kumasi madrasasida, keyin esa Kanodagi poytaxt oʻrta maktabida tahsil olgan[7]. 1978-yilda Birnin Kudu davlat kollejini tamomlagan[8]. U Qohiradagi Al-Azhar universitetida biznes fanlari va boshqaruvi boʻyicha bakalavr diplomini olgan[9][7].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dangote (2011-yil)

Dangote Group 1977-yilda kichik savdo firmasi sifatida tashkil etilgan, oʻsha yili Dangote kompaniyani kengaytirish uchun Lagosga koʻchib oʻtgan. Dangote firmasini kengaytirish uchun togʻasidan 500 000 ₦ (nayra) qarz olgan, va bu pullar evaziga firma sement, shuningdek, guruch va shakar kabi qishloq xoʻjaligi tovarlari bilan savdo qilishni boshlagan[10].

Bugungi kunda Dangote Group firmasi Afrikadagi eng yirik konglomeratlardan biri boʻlib, Benin, Gana, Zambiya va Togoda xalqaro savdolarni amalga oshiradi. Dangote Group kichik firmadan Nigeriyadagi eng yirik sanoat konglomeratiga aylandi, uning firmasi shakarni qayta ishlash zavodi, sement va un ishlab chiqarish kabi boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi[11]. Dangote Group Nigeriya shakar bozorida hukmronlik qiladi va uning neftni qayta ishlash biznesi mamlakatdagi alkogolsiz ichimliklar kompaniyalari, pivo zavodlari va qandolatchilarning asosiy homiysi hisoblanadi (bozorning 70 foizi). Kompaniya Gʻarbiy Afrikada 11 000 dan ortiq kishini ish bilan taʼminlaydi.

Boyligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dangote 2007-yilda Nigeriyaning birinchi milliarderiga aylangan[12]. Xabar qilinishicha, Dangote 2013-yilda oʻzining shaxsiy boyligiga 9,2 milliard dollar qoʻshgan, Bloomberg nashrining maʼlumotlariga koʻra, u oʻsha paytdagi dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatida 30-oʻrinni egallagan va Afrikaning eng boy odamiga aylangan[13].

2022-yil iyun holatiga koʻra, Dangote Afrikadagi eng badavlat odam boʻlib, uning boyligi 20 milliard AQSh dollarini tashkil etgan[14][15].

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bloomberg. „# 132, Aliko Dangote, 35.3B“. www.bloomberg.com (2024-yil 31-may). Qaraldi: 2024-yil 31-may.
  2. „Bloomberg Billionaires Index“. Bloomberg.com. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  3. Ilan Bijaoui. Multinational Interest & Development in Africa: Establishing a People's Economy. Springer, 2017 — 55 bet. ISBN 978-3-319-48914-8. 
  4. Nweke. „What you should know about Dangote“. Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
  5. admin. „Aliko Dangote: The African Icon at 60!“ (en-US). This Day Live (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  6. „What you should know about Dangote - The Nation Newspaper“ (en-US) (2012-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  7. 7,0 7,1 „Aliko Dangote: Things You Never Knew About Him, His Wives and Children – Naija News“. naijanews.com (2017-yil 17-mart). 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-oktyabr.
  8. IV. „Birnin Kudu College hails Dangote on projects“ (en-US). Blueprint (2018-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
  9. „The World's Billionaires: Aliko Dangote“. Forbes.com. Qaraldi: 2018-yil 9-mart.
  10. Umoh. „Billionaire Aliko Dangote is the world's richest black person—here's how he made his wealth“ (en). CNBC (2018-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  11. „Somalia orders top U.N. official to leave“ (en). Reuters (2019-yil 2-yanvar). 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-yanvar.
  12. „Aliko Dangote, Nigeria's first billionaire cements his fortune - CNN.com“ (en). edition.cnn.com. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  13. „Aliko Dangote Racks in $9.2 bn in 2013“. BellaNaija (2014-yil 3-yanvar).
  14. „Aliko Dangote“. Forbes.
  15. „Dangote visits revamped Moshood Abiola Stadium -“. thenationonlineng.net. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.