Alibobo Rahmatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alibobo Rahmatullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alibobo Tojimuhammadovich Rahmatullayev
Tavallud sanasi 2-avgust 1991-yil (1991-08-02) (32 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi Ali
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin agent
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2009 Oʻzbekiston Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Oʻzbekiston Bunyodkor-2 ? (?)
2012—2014 Oʻzbekiston Bunyodkor 32 (1)
2015 Oʻzbekiston Paxtakor 0 (0)
2015 Oʻzbekiston Buxoro 5 (0)
2015 Oʻzbekiston Navbahor 4 (0)
2015   Ozarbayjon Ravan 4 (0)
2016 Oʻzbekiston Navbahor 11 (0)
2016 Oʻzbekiston Andijon 12 (0)
2017 Oʻzbekiston Olmaliq 11 (0)
2018—2023 Qozogʻiston Kyran 113 (25)
Milliy terma jamoa
2012—2013  UZB Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alibobo Tojimuhammadovich Rahmatullayev (ruscha: Рахматуллаев, Алибаба Тожимухаммадович; 8-fevral 1991-yil, Toshkent) — Oʻzbekistonlik futbolchi, yarimhimoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Chimkentning „Kyran“ klubi yarim himoyachisi[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008—2011-yillarda „Bunyodkor-2“, 2012—2014-yillarda esa „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalida „ Adelaida Yunayted“ ga qarshi javob oʻyinida „Bunyodkor“ning qoʻshimcha vaqtda uchinchi golini urgan va bu uning jamoasini turnirning yarim finaliga yoʻl olish huquqini bergan[2][3].

2015-yil boshida „Paxtakor“ bilan shartnoma imzoladi[4], biroq tez orada jamoani tar etdi. Oʻsha yilning birinchi yarmida „Buxoro[5] va NamanganningNavbahor“ jamoalarida oʻynadi[6]. 2015-yil sentyabr oyida u Ozarbayjonning „Ravan“ klubi bilan shartnoma imzoladi[7][8], ammo oktyabr oyida „Ravan“ u bilan shartnomani bekor qildi[9][10]. 2016-yilgi mavsum „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[11]. 2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsumda qisqa muddat „Olmaliq“ jamoasida faoliyat olib borgan[12][13].

2018-yildan Chimkentning „Kiran“ jamoasida oʻynamoqda[14].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2012—2013-yillarda faoliyat olib borgan va 2 ta oʻyinda maydongga tushgan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alibobo Rahmatullayev Soccerway saytida
  2. „Adelaide United eliminated from Asian Champions League after 3-2 extra-time loss to Bunyodkor“. news.com.au (2012-yil 4-oktyabr).
  3. „Бир ўйин тарихи. Ярим финал остонасида "Бунёдкор" - "Аделаида Юнайтед"ни қандай мағлуб этганди?“ (2022-yil 26-aprel).
  4. „Алибобо Раҳматуллаев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2014-yil 4-dekabr).
  5. „Алибобо Раҳматуллаев "Пахтакор"дан "Бухоро"га ўтди“ (2015-yil 16-fevral).
  6. „"Навбаҳор": Янги футболчилар таништирилди“ (2015-yil 12-avgust).
  7. „Алибобо Раҳматуллаев Озарбойжон клубига ўтди“ (2015-yil 10-sentyabr).
  8. „Раҳматуллаев “Раван”да 10-рақам остида ўйнайди“ (2015-yil 10-sentyabr).
  9. „«Раван» Алибобо Раҳматуллаевни ортга қайтариб юборди“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  10. „"Реван" Алибобо Раҳматуллаев ва бошқа легионер футболчисига жавоб берди“ (2015-yil 9-oktyabr).
  11. „Алибобо Раҳматуллаев "Навбаҳор"га қайтди“ (2016-yil 19-fevral).
  12. „"Олмалиқ"ни уч нафар футболчи тарк этди“ (2017-yil 17-iyul).
  13. „Эшитдик-да: Алибобо Раҳматуллаев АҚШга йўл олган“ (2017-yil 18-iyul).
  14. „Алибобо Раҳматуллаев ёдингиздами? У Қозоғистонда ўйнаётган экан ФОТО“ (2019-yil 4-fevral).
  15. „Сардор Қобулжонов, Алибобо Раҳматуллаев, Гейнрих ва мураббий Қосимов — Гонконгга қарши кечган Тошкентдаги сўнгги ўйин“ (2024-yil 24-mart).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]