Kontent qismiga oʻtish

Alifbo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Alfavitdan yoʻnaltirildi)

Alifbo (arab Alifbosining boshlangʻich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab Alifbosi, lotin Alifbosi) yoki boʻgʻin belgilar (mas, hind Alifbosi — devanagari) majmui. Alifbo miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run, Urxun-Yenisey yozuvi va turkiy (uygʻur) yozuvlari boʻlgan. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan boʻgʻin Alifbolari finikiy Alifbo sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab Alifbosiga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek XIII—XX-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbosiga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill Alifbosiga — Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin Alifbosiga — Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil