Alfa Sentavr

Alfa Sentavr (α Centauri) yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy koʻrinma yulduz kattaligi -0,27 boʻlib, tungi osmonda yorqinligi boʻyicha Sirius va Kanopus yulduzlaridan keyin turadi.
Tarkibiga Alfa Sentavr A (α Cen A; 110% Quyosh massasi va 151,9% yorqinligi), Alfa Sentavr B (α Cen B; 90,7% Quyosh massasi va 44,5% yorqinligi) kiradi. Bu ikki yulduz massalari markazi atrofida 79,91 yillik davr bilan aylanadi. Quyoshdan 1,34 parsek (4,37 yorugʻlik yili) masofada joylashgan.[1] Bundan tashqari Alfa Sentavr atrofida uchinchi yulduz, qizil mitti Proksima Sentavr (α Cen C) ham aylanadi.
2012-yil oktabrida Alfa Sentavr tarkibida kamida bitta sayyora — hajmi Yerdek keladigan Alfa Sentavr Bb borligi kashf etildi. Uning massasi Yernikidan 13% ortiq boʻlib,[2] Alfa Sentavr B atrofida 3,236 sutka davr bilan aylanadi.[3] Yulduzidan atigi 6 million km[2] uzoqda joylashgan bu sayyora sirtidagi harorat 1500 K boʻlishi taxmin etiladi.[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Söderhjelm, Staffan Visual binary orbits and masses post Hipparcos, 1999. — s. 121–40.
- ↑ 2,0 2,1 Wall, Mike „Discovery! Earth-Size Alien Planet at Alpha Centauri Is Closest Ever Seen“ . Space.Com web site. TechMediaNetwork (16-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2012-yil.
- ↑ Dumusque, X.; Pepe, F.; Lovis, C.; Ségransan, D.; Sahlmann, J.; Benz, W.; Bouchy, F.; Mayor, M.; Queloz, D.; Santos, N.; Udry, S. „An Earth mass planet orbiting Alpha Centauri B“, 17-oktabr 2012-yil.. DOI:10.1038/nature11572. 17-oktabr 2012-yilda qaraldi. [sayt ishlamaydi]
- ↑ "The exoplanet next door: Earth-sized world discovered in nearby α Centauri star system". Eric Hand, Nature, 16-oktabr 2012-yil. Accessed 16-oktabr 2012-yil.
![]() |
Vikiomborda Alfa Sentavr haqida turkum mavjud |
![]() |