Aleksey Dionisiev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Dionisiev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksey Yordanov Dionisiev
Tavallud sanasi 21-aprel 1973-yil (1973-04-21) (51 yosh)
Tavallud joyi Vidin, Bolgariya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi

Aleksey Yordanov Dionisiev (1973-yil 21-aprel; Vidin, Bolgariyada tugʻilgan) — bolgar va oʻzbek futbolida himoyachi ampulasida oʻynagan. U professional faoliyatini yakunlagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey Dionisiev oʻzining professional faoliyatini 1992-yilda tugʻilgan shahrining „Bdine“ jamoasi aʼzosi sifatida boshlagan. Bdine tarkibida u 1993-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida u 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 1994-yil boshida u Shumen jamoasi tarkibiga oʻtdi va 1996-yilning oxirigacha ushbu klubda oʻynagan va u yerda 84 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol urgan. Keyingi yillarda u Bolgariya ligalarining turli klublarida toʻp surgan[1].

2004-yilda u Gretsiyaning „Patriakos“ klubiga oʻtgan va bu klubda ikki mavsum oʻynagan. „Patriakos“ tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 2005-2006-yillarda Gretsiya va Bolgariyaning turli klublarida toʻp surgan. 2007-yilda Dionisiev Bolgariyaning „Vihren“ klubida oʻynagan. Aynan shu klubda u professional faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga Aleksey Dionisiev va yana bir bolgariyalik futbolchi Georgiy Georgiev taklif qilingan. Ko‘p o‘tmay, ular O‘zbekiston pasportini olib, O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynay boshlagan[2]. Aleksey Dionisiev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2001-yilning 23-aprelida 2002-yilgi Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun saralash turniri doirasida Tayvan terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan va shu oʻyinda u oʻzining ilk golini urgan. O‘sha uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Tayvan terma jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Dionisiev jami beshta o‘yin o‘tkazib, bir marotaba gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Maydon Raqib Natija Turnir
1. 23.04.2001 Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent, O'zbekiston  Tayvan 7-0 2002-yilgi Jahon chempionati saralash

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bolgariya chempioni: 2000, 2001
  • Bolgariya kubogi sohibi: 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]