Aleksandr Borisovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Borisovich Stefanovich
Tavalludi 13-dekabr 1944-yil
Vafoti 13-iyul 2021-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi postanovkachi rejissyor, kinorejissyor, yozuvchi, aktyor, rassom, dramaturg
Faoliyat yillari 1969–2019
Unvoni Doʻstlik ordeni Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti

Aleksandr Borisovich Stefanovich (13-dekabr 1944-yil, Leningrad13-iyul 2021-yil Moskva) – sovet va rus kinorejissyori, yozuvchi, ssenariy muallifi, aktyor, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2003-yil)[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Borisovich 1944-yil 13-dekabrdaLeningradda tavallud topgan. 1969-yilda VGIK rejissyorlik boʻlimini (Lev Kuleshov ustaxonasi) tamomlagan. Talabalik chog‘ida „Vse moi sinovya“ nomli hujjatli filmi, mahalliy televideniyedagi birinchi intervyu filmi, Butunittifoq telekinofestivalining Bosh mukofoti va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan. U musiqali film janrida ham faoliyat yuritgan. „Dusha“ (58 million tomoshabin), „Nachni snachala“ (46 million tomoshabin), „Disk“, „Bardi“, „Osenniy bluz“, „Kuraj“ kabi musiqiy filmlarni yaratdi. Stefanovich Andrey Makarevich va „Mashina vremeni“ rok guruhini, Sofiya Rotaru, Aleksandr Rozenbaum, Sergey Migitsko, Albert Filozov va bastakor David Tuxmanovlarni katta kinoga olib keldi. 1974-yilda u „Dorogoy malchik“ nomli birinchi mahalliy kinostudiyani boshqargan, shuningdek, SSSRda birinchi musiqiy kliplarni suratga olgan. Aleksandr Borisovich Alla Pugacheva va boshqa bir qator estrada ijrochilarining sahna obrazini yaratgan. Rossiya badiiy akademiyasining faxriy akademigi. U Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasi Moskva boʻlimi vitse-prezidenti, Rossiya Kinematograflar uyushmasi Moskva tashkilotining kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Rossiya Yozuvchilar uyushmasi, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi, Parij rus yozuvchilari va rassomlari uyushmasi, AGESSA Fransiya Yozuvchilar jamiyati aʼzosi boʻlgan.

Milliy madaniyatga qoʻshgan hissasi uchun Rossiya Badiiy akademiyasining oltin medali, YuNESKO jamgʻarmasining oltin ordeni, Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasining oltin medali, Rossiya Jurnalistlar uyushmasining mukofoti bilan taqdirlangan. Mahalliy va xalqaro kinofestivallar laureati. 2021-yil 13-iyulda Moskvada COVID-19 kasalligidan oʻpkasi shikastlangani sababli Baxrushin kasalxonasida jonlantirish boʻlimida 77 yoshida koronavirus[2] tufayli vafot etdi. Vidolashuv marosimi 2021-yil 16-iyul kuni Moskvada Markaziy kino uyida boʻlgan. U Troekurovskiy qabristoniga dafn qilindi[3].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stefanovich ikki marta rasmiy turmush qurgan:

  • birinchi xotini (1968-yildan 1974-yilgacha) – Natalya Bogunova (1948–2013) aktrisa.
  • ikkinchi xotini (1977-yildan 1981-yilgacha) – Alla Pugacheva (1949-yilda tavallud topgan), ashulachi. Bu haqida "Kuraj" avtobiografik romanida va shu nomdagi teleserialda tasvirlangan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1972-yil – „Vid na jitelstvo“, postanovkachi rejissyor (O. Gvasaliya bilan birga);
    • 1972-yil – „Mosfilma“ festivalida eng yaxshi rejissyorlik debyuti uchun mukofot (O. Gvasaliya, A. Stefanovich);
  • 1974-yil – „Dorogoy malchik“, rejissyor, ssenariy muallifi (S. Mixalkov);
    • 1975-yil – Butunittifoq kinofestivalida bolalar uchun eng yaxshi film uchun tomoshabinlar mukofoti;
  • 1977-yil – „Disk“, rejissyor, ssenariy muallifi;
  • 1979-yil – „Pena“, rejissyor, ssenariy muallifi (S. Mixalkov);
  • 1981-yil – „Dusha“, rejissyor, ssenariy muallifi (A. Borodyanskiy);
    • 1982-yil – eng yaxshi operatorlik uchun hakamlar hay'ati mukofoti, „Mosfilm“ festivalida tomoshabinlar mukofoti;
  • 1985-yil – „Nachni snachala“, rejissyor, ssenariy muallifi (A. Borodyanskiy);
  • 1988-yil – „Dva chasa s bardami“, ssenariy muallifi va rejissyor;
  • 2001-yil – „Osenniy blyuz“, postanovkachi rejissyor;
  • 2004-yil„Vremya jestokix“, postanovkachi rejissyor (Vsevolod Plotkin bilan birga);
  • 2011-yil – „Mechet Parijskoy Bogomateri“, postanovkachi rejissyor, Vilen Visilter bilan birga (film muallifi Vladimir Sinelnikov[4]);
    • XIII Xalqaro Yevroosiyo televideniye forumida eng yaxshi rejissyor uchun hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti;
  • 2014-yil – „Kuraj“, rejissyor, ssenariy muallifi, bosh aktyori.


Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti (2003) – sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun.
  • „Doʻstlik“ ordeni (2010) – milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, koʻp yillik samarali faoliyati uchun.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]