Aleksandr Alekseyev (bokschi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Alekseyev
Statistikasi
Asl ismi Alekseyevich Aleksandr Vyacheslavovich
Vazn toifasi Birinchi ogʻir vazn
Vazni 90,7
Boʻyi 188 cm
Fuqaroligi Gamburg, Germaniya
Millati Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 1981-yil 30-aprel (42 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Professional faoliyati
Birinchi jangi 2006-yil 7-yanvar
Oxirgi jangi 2013-yil 23-noyabr
Janglari soni 28

Alekseyevich Aleksandr Vyacheslavovich (1981-yil 30-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – ogʻir vazn toifasida (90,717 kg gacha) rossiyalik professional bokschi. Uch karra Rossiya chempioni (2002, 2003 va 2005), oʻsmirlar oʻrtasida 1999-yilgi Yevropa chempioni, 2004-yilgi Yevropa chempioni va 2003-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori. Shuningdek, 2005-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2004-yilgi Rossiya olimpiya terma jamoasi aʼzosi, birinchi ogʻir vaznda WBO qitʼalararo chempioni. 2013-yilda faoliyatini yakunlab, promouter boʻlishga qaror qilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Alekseyev Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiylar Vyacheslav Aleksandrovich Alekseyev – otasi va Viktor Aleksandrovich Lantsovlar rahbarligida shugʻullangan[2].

2002, 2003, 2005-yillarda – ogʻir vaznda Rossiya chempioni.

1999-yilda – yengil vaznda oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati chempioni.

2002-yilda – harbiy xizmatchilar oʻrtasida jahon chempioni.

2003-yilda – harbiy xizmatchilar oʻrtasida jahon chempioni.

2003-yilda – Neft mamlakatlari kubogi gʻolibi, finalda Roman Romanchukni magʻlub etgan.

2003-yilgi – jahon chempionati kumush medali sovrindori: Shamsid Arbonov (Tojikiston) RSCO-2, Raitis Retineikis (Latviya) Walkover, Steffan Kretschmann (Germaniya) RSCO-3 ni magʻlub etgan. Lekin, Odlanier Solis (Kuba) PTSga yutqazib qoʻygan (15-18).

2004-yil – Yevropa chempionati gʻolibi.

  • saralash bosqichi: serbiyalik Milorad Gayanovich ustidan ochkolari boʻyicha gʻalaba.
  • 1/8 final: ukrainalik bokschi Vitaliy Mixeenko ustidan ochkolar boʻyicha gʻalaba.
  • 1/4 final: birinchi davrada ozarbayjonlik Vugar Alekperov ustidan yaqqol ustunlik bilan gʻalaba.
  • 1/2 final: ikkinchi davrada xorvatiyalik Vedran Djipalo ustidan yaqqol ustunlik bilan gʻalaba.
  • final: ikkinchi raundda belaruslik bokschi Viktor Zuev ustidan yaqqol ustunlik bilan gʻalaba qozongan.

2004-yilgi – Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi: Odlanier Solis (Kuba) PTSga yutqazadi (21-24).

2005-yil – Jahon chempionati gʻolibi. Bred Pittni (Avstraliya) RSCO, Jenis Taumurinovni (Qozog'iston) RSCO, Yuzsef Darmosni (Vengriya) AB, Aleksandr Povernovni (Germaniya) PTS (36-33) va Elchin Alizadeh (Ozarbayjon) Walkoverni magʻlub etgan.

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Vyacheslavovich professional faoliyatini 2006-yilning 7-yanvarida chexiyalik Tomas Mrazekga qarshi jangdan boshlagan. Soʻng, birinchi raundning oʻzida texnik nokaut bilan gʻalaba qozongan.

2007-yilning 16-iyunida argentinalik Ektor Alfredo Avilani birinchi raundda nokautga uchratib, birinchi ogʻir vazn toifasida WBO qitʼalararo chempioni unvonini qoʻlga kiritgan.

2009-yil 17-yanvarda argentinalik Viktor Ramiresga yutqazib, professional ringdagi birinchi magʻlubiyatini qabul qiladi. Shunga qaramay, „Universum“ rahbariyati Alekseyev bilan oʻsha vaqtga kelib muddati tugagan shartnomani uzaytirishga qaror qiladi. "Men uning jahon chempioni boʻlishiga qatʼiy ishonaman. Bizda birga ishlash uchun yana koʻp yillar bor. Men Aleksandrning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga umid qilaman, – deydi Universum vitse-prezidenti Ditmar Poshva.

2009-yilning kuzida Aleksandr murabbiyini oʻzgartiradi. Vitaliy Klichko bilan ishlashga eʼtibor qaratgan Frits Zdunekning oʻrnini Magomed Shaburov egallaydi. Shaburov boshchiligida Alekseyev toʻrtta jang oʻtkazib, ularning oxirgisida Lebedev magʻlub boʻlgan. Ushbu oʻyindan keyin Alekseyevning Shaburov va Universum kompaniyasi bilan hamkorligi toʻxtatilgan.

Aleksandr 2013-yil 23-noyabrda IBF jahon chempioni unvoni uchun kurashda Yoan Pablo Ernandesga yutqazgandan keyin, professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. Soʻng, EC Box Promotion[3] promouterlik kompaniyasi rahbari lavozimiga ishga kirgan. ​

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Алексеев завершил карьеру и перешел в промоутеры“. 2013-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
  2. Алексей Бурдюк. „Александр Алексеев разочаровался в любителях“. Коммерсантъ (2006-yil 12-yanvar). 2018-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.
  3. „Алексеев завершает свою карьеру и становится промоутером“. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]